|
Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar
|
bet | 76/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovStipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar
174 «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisob- varag‘ida oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining stu- dentlari, staor-tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda kurs tinglovchilari va boshqalar bilan stipendiyalar bo‘yicha olib boriladigan hisob- kitoblar hisobga olinadi.
Stipendiyalarni hisoblab yozish va to‘lash hisob-kitob to‘lov qaydnomalarida oyiga bir marta budjet tashkiloti direktorining buyruqlar asosida rasmiylashtiriladi. Hisoblab yozilgan stipendiya- larning summalari 174 «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq kreditiga yoziladi, ushbu analitik hisobvaraq- ning debetiga esa ushlab qolingan summalar, berilgan va muddatida olinmagan stipendiyalarning summalari yoziladi.
Analitik hisob o‘quv muassasasining har bir stipendiya oluvchisi bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar
Budjet tashkiloti buxgalteriyasida 175 «Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida ta’lim muassasalarida talaba- lar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan boshqa hisob-kitoblar olib boriladi.
To‘lov-kontrakt mablag‘larini hisoblanishi 175 «Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va 252 «Ta’Hm muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. To‘lov-kontrakt mablag‘larining kelib tushishi esa, 175 «Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning
kreditida va 111 «Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar» analitik hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir talaba bo‘yicha alohida holda tashkil qilinadi.
|
| |