|
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
|
bet | 73/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovHisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» analitik hisob- varag‘ida hisobdor shaxslar bilan ularga naqd pul to‘lamasdan hisob-kitob qilish imkoni bo‘lmaydigan xarajatlarga to‘lash uchun beriladigan avanslar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi olib boriladi. Hisobi beriladigan avanslar faqat mazkur budjet tashkilotda ishlaydigan shaxslargagina beriladi.
Xizmat safarlari bo‘yicha muomalalar qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga moljallanganHgi ko‘rsatilishi kerak) budjet tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini (19-jadval) budjet tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
19-jadval
AVANS HISOBOTI -son
286-son shakl
« » yildan.
Tashkilot nomi
Tarkibiy bo‘linma
Moliyalashtirish manbasi
Bo‘lim
Xarajat turi
Hisobdor shaxs
Ko‘rsatkich nomi
|
Summa,
so‘m.
|
Buxgalteriya
yozuvi
|
Summa,
so‘m
|
|
qoldiq
|
|
debet
|
kredit
|
Ortiqcha
Oldingi avans ishlatildi
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Avans olindi (kimdan va qachon)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami olingan (kredit analitik his- obvaraq 120 yoki 121)
|
|
|
|
|
|
Ishlatildi
|
|
|
|
|
|
Qoldiq
|
|
|
|
|
|
Ortiqcha ishlatildi
|
|
|
|
|
|
Lavozimi
Avans nomi
Ilova: ta hujjatlar Hisobot tekshirildi.
Maqsadli qilingan xarajatlarni Tasdiqlash uchun so‘m. tiyin.
tasdiqlayman
Tarkibiy bo‘linma Hisobchi
rahbari (imzo) (elsho (imzo) (elsho
order
-son
Qoldiq kiritildi
Ortiqcha ishlatilgan
summa berildi
□ g‘azna bo‘yicha
tiy^u.
« »
«_»
(lavozimi) (imzo) (E.I. Sh.)
kesish chizig‘i
Sana
|
Hujjat
raqa-
mi
|
Kimga, nima uchun va qaysi hujjatga asosan
to‘landi
|
Xarajat summasi
|
Debet
analitik
hisob-
varaq
|
|
hisobot bo‘yicha
|
hisobga qabul qilindi
|
so‘mda
|
valutada
|
so‘mda
|
valutada
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
Yozishma. Tekshirishga qabul qilindi avans hisoboti -son y.
summasi so‘m. tiy., hujjatlar soni
hisobchi « » y.
(imzo) (F.I.Sh.)
2-bet
Hisobdor shaxs
(imzo) (F.I.Sh.)
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘- larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshi- rib chiqilgan avans hisobotlari budjet tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Eoydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan budjet tashkilot g‘aznasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi.
Hisobi beriladigan summalarning sarflanganligi haqida belgilan- gan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki foydalanilmagan
avans qoldig‘i g‘aznaga qaytarilmagan hollarda budjet tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Hisobdor shaxslarga berilgan summalarga 172 «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi, 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraq kreditlanadi (agarda avans summalari xorijiy valutada berilsa, 121 «Xorijiy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraq kreditlanadi). Avansning sarf qilingan summasi va hisobi beriladi- gan summaning qaytarilgan qoldig‘i summasi 172 «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditiga va tegishli analitik hisobvaraqlar debetiga yoziladi. Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda budjet tashkilotning shtatlar jadvalida g‘aznachilik lavozimlari belgilanmagan hollarda ish haqi va boshqa to‘lovlarni naqd pulda to‘lashi uchun javobgar shaxslarga berilgan naqd pul mablag‘larining ham hisobi olib boriladi.
Hisobdor shaxslar bilan qilinadigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 386-son shakldagi hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnomada (8-memorial orderda) yuritiladi. Hisobdor shaxslarning soni unchalik ko‘p bo‘lmagan budjet tashki- lotlarda analitik hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da olib borilishi mumkin. Bunda, analitik hisob budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar
«Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar» analitik hisobvarag‘ida budjet tashkilotning xodimlari bilan ish haqining barcha turlari, mukofotlar va boshqa mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to‘lovlar oyiga bir marta hisoblab yoziladi va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi.
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: budjet tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo‘shatgan-
lik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish haqi stavka- lariga muvofiq joydan-joyga ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar.
Tabellar budjet tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun budjet tashkilot bo‘yicha yoki tuzilmaviy bo‘linmalar (bo‘limlar, bo‘linmalar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqalar)ga bo‘lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Ishdan bo‘shashda yoki ta’tilga ketishda qilingan hisob-kitoblar 425-son shakldagi ta’til berish (ishdan bo‘shash) bo‘yicha hisob yozuvi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan summalar joriy oy uchun ochilgan hisob-kitob-to‘lov qaydnomalariga kiritiladi. Ishdan bo‘shashda yoki mehnat ta’tili- ga ketishda qilinadigan bunday hisob-kitoblar, hisob-kitob davri oralig‘iga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda, to‘lovlar 389-son shakldagi to‘lov qaydnomasi yoki g‘azna chiqim orderlari orqali amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar orqali hisoblangan va to‘langan summalar joriy oy hisob-kitob-to‘lov qaydnomalariga kiritiladi.
Hisob-kitob-to‘lov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi to‘lash uchun ruxsatnoma budjet tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomoni- dan imzolanadi.
Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo‘lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga ko‘ra, ish haqining 40 foizi miqdo- rida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish haqi, avans berish uchun to‘lov qaydnomasi bo‘yicha beriladi.
Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lash, odatda, T-49-son shakldagi hisob-kitob to‘lov qayd- nomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to‘lov qayd- nomasiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblan- 164
gan ish haqi va nafaqalar summasi, berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipen- diya, pensiya va mukofotlarni to‘lashning belgilangan muddatlari tugashi bilan g‘aznachi:
to‘lov qaydnomasida ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqat- sizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlar to‘lanmagan shaxslar familiyasi to‘g‘risiga shtamp qo‘yadi yoki qo‘lda «Deponentlangan» deb belgi qo‘yadi;
deponentlangan summalar reestrini rasmiylashtiradi;
20-jadval
|
| |