|
Budjet tashkilotidagi moddiy qiymatliklarni
inventarlash tarkibi
|
bet | 81/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBudjet tashkilotidagi moddiy qiymatliklarni
inventarlash tarkibi
Budjet tashkilotlarida inventarlashni o‘tkazish uchun budjet tashkilotlari tarkibidan inventarlash komissiyasi ishtirokchilari tanlab olinadi:
budjet tashkiloti rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh hisobchi;
boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) xodimlar bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari rasmiylashtiriladi.
Inventarlash komissiyasi tarkibiga budjet tashkilotining ichki audit vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlami inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun qo‘shimcha ravishda boshqa a’zolami kiritib tarkib aniqlanadi.
Izoh o‘rnida:
komissiya raisi - budjet tashkiloti rahbari (Akbar Yaxyoev)
a’zolar:
tovarshunos (Keldiyor Murodov),
muhandis (Najimiddin Eshonxo‘jaev),
texnolog (Barno Radjapova),
mexanik (Shermuhammad Azamatov),
ish yurituvchi (Dilfuza Majidova),
iqtisodchi (Dilrabo Saidmurodova),
buxgalteriya xodimi va boshqalar (ishchi inventarlash komissiyasi kabilar)dan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Faqat moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy tarkibini budjet tashkiloti rahbari tasdiqlaydi. Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, budjet tashkilotida doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari quyidagilarga amal qiladilar:
boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlani- shi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, shu’balar rahbarlarining axbo- rotlarini tinglaydi;
inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruv- larni amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda
178
saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda budjet tashkiloti rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi;
boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirish- larni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
Ishchi inventarlash komissiyalari esa quyidagilarni amalga oshiradi:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag‘- larini inventarlashni amalga oshiradi;
budjet tashkiloti buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollarda:
budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘iga muvofiq inven- tarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-mod- diy boyliklar, pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qol- diqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga «inventarlashgacha ...da (sana)» deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
|
| |