Inventarlash jarayonida aniqlangan kamomadlarni moddiy javobgardan undirilishi




Download 1 Mb.
bet84/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Inventarlash jarayonida aniqlangan kamomadlarni moddiy javobgardan undirilishi

Undirib olish bir oylik o‘rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘i yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi Inventarlash o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Budjet tashkilotidagi xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar miqdorini uning o‘rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan oshgan bo‘lsa, uning yechimi tuman xo‘jalik sudi orqali amalga oshiriladi.
Inventarlash jarayonida aniqlangan mol-mulkning qiymatini bozor qiymatida aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:

  1. ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy diler- laridan, tovar - xomashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  2. tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  1. Markaziy bankning kamomad aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valutadagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  2. inventarlash o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vosita- lari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘ri- sidagi axborotlar.

Ortiqcha chiqqan aktivlar, moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mulk kirim qilinadi va keyin ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslari aniqlanadi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar iste’mol qilinishi sodir bo‘lganda, tegishli materiallar kamomadlar va nobudgarchiliklar aniqlangandan so‘ng budjet tashkiloti rahbari imzosi bilan agar joyda bu masala qonuniy tartibda hal etilmasa, nizoni bartaraf qilish maqsadida zudlik bilan davlat sud yoki nazorat idoralariga xat-hujjatlar rasmiylashtirilib yuboriladi.
Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi
Debet: Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlar
Kredit: 273 Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar
Inventarlash natijasida kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning chiqim qilinishi
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlar
Inventarlash natijasida kamomad chiqqan budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa):
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daro- madlariga hisoblanishi
Debet: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kredit: 160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob- kitoblar

  1. aybdor shaxs tomonidan kamomad summasini to‘lanishi

Debet: pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar
Kredit: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi

Debet: 160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar
Kredit: pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida aybdor deb tan olingan holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa):
188
Kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chqarilishi
Debet: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar Kredit: Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlar
agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan kam bo‘lsa Debet: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar Kredit: 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar v) agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan ko‘p bo‘lsa Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi Debet: pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar Kredit: 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar


  1. Download 1 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inventarlash jarayonida aniqlangan kamomadlarni moddiy javobgardan undirilishi

Download 1 Mb.