S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




Download 1 Mb.
bet92/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Davriy hisobotlar

Budjet tashkilotlarining oylik hisoboti. «Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi» 1-ox-shakldagi oylik hisobot barcha budjet tashkilotlari tomonidan keyingi oyning 5-sanasiga taqdim etiladi. 1-ox-shakldagi oylik hisobotga 1-Kredit: (kompensatsiya to‘lovlari) shakl hisoboti ilova sifatida topshiriladi. 1-ox oylik hisobotida chiziqchadan keyin aks ettirilgan ko‘rsatkichlar 1-Kredit: shakl hisobotidan olinadi. Smeta xarajatlarining ijrosi bo‘yicha oylik hisobotda (1-kt) har bir paragraf bo‘yicha alohida va paragraflarni jamlab bob va bo‘lim bo‘yicha umuman hisobot holatida hamda ish haqi-jami qatorida g‘azna xarajatidan keyin chiziqcha chizilib,
205
kompensatsiya to‘lovlari g‘azna xarajatlari hamda yana bir chiziq- chadan keyin haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining chorak hisoboti. Budjet tashkilotlari quyidagi hajmda chorak buxgalteriya hisobotlarini tuzadi:
Xarajatlar smetasi ijrosining balansi budjetdan moliyalashtirish hisobvarag‘i bo‘yicha summalarning harakati to‘g‘risidagi ma’lu- motnoma bilan birga - 1-shakl;
«Budjet bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hiso- bot» - 2-shakl;
«Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi to‘g‘risidagi hisobot» - 2-rj-shakl.
Maxsus mablag‘larga ega bo‘lgan budjet tashkilotlari 1-iyul va 1-oktabrga «Maxsus mablag‘lar bo‘yicha smetalarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot» -4-shakl bo‘yicha hisobot tuzadi.
Bolalar bog‘chalari va yaslilari 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabrga «Bolalar bog‘chasi(yasli)ni yuritish bo‘yicha hisoboti-3-ds-shakl bo‘yicha hisobot tuzadi.
Budjet tashkilotlari chorak buxgalteriya hisobotlarini choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmasdan taqdim etadi.
Budjet tashkilotlarining yillik hisoboti. Budjet tashkilotlari quyidagi hajmda yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi:
«Xarajatlar smetasi ijrosining balansi budjetdan moliyalashtirish hisobvarag‘i bo‘yicha summalarning harakati to‘g‘risidagi ma’lu- motnoma bilan birga» - 1-shakl;
«Budjet bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hiso- bot» - 2-shakl;
«Shtatlar va kontingentlar bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘ri- sidagi hisobot» - 3-shakl;
«Maxsus mablag‘lar bo‘yicha smeta ijrosi to‘g‘risidagi hiso- bot» - 4-shakl;
«Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi hisobot» - 5-shakl;
«Moddiy qiymatliklarning harakati to‘g‘risidagi hisobot» - 6- shakl.
Yillik hisobotga tushuntirish xati ilova qilinishi kerak. Unda budjet va maxsus mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi- ga, shtat va kontingentlar bo‘yicha rejaning bajarilishiga ta’sir qilgan
206 asosiy omillar, o‘tkazilgan inventarlashlarning natijalari va hisobot yilida tashkilotning moliyaviy holati o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumot, shuningdek, keyingi yilning yanvarida to‘lanadigan dekabr oyining ikkinchi yarmiga hisoblangan ish haqi summalari keltiriladi.
«Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi» - 1-ox-shakl, «Budjet bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot» -2-shakl va «Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi to‘g‘risidagi hisobot» - 2-rj-shakllar bo‘yicha hisobot har bir paragraf bo‘yicha alohida-alohida va tashkilot bo‘yicha umumiy yig‘ma hisobot ham taqdim etiladi. Bunda budjet tashkilotini rivojlantirish fondi daromadlari bo‘yicha ma’lumot, tashkilot bo‘yicha faqat «Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi to‘g‘risidagi hisobot» - 2-rj-shakldagi yig‘ma hisobotda qayd qilinadi xolos. Budjet tashkilotining rivojlantirish fondi bo‘yicha xarajatlar «Rivojlantirish fondi mablag‘larining tushumi va xarajat qilinishi to‘g‘risidagi hisobot» - 2-rj-shaklda har bir paragraf bo‘yicha alohida-alohida va tashkilot bo‘yicha jami umumlashtirib qayd qilinadi.
Budjet tashkilotlari oylik, chorak va yillik buxgalteriya hiso- botlarini tuzadi va ularni tegishli moliya organiga taqdim etadi.
Budjet tashkilotining oylik buxgalteriya hisoboti «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot»dan iborat bo‘ladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hiso- botni tuzishdan oldin:

  1. barcha budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisob- varaqlari bo‘yicha mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi bank ko‘chirmalarining to‘liqligini;

  2. hisobvaraqlardan (shaxsiy hisobvaraqlardan) o‘tkazilgan mablag‘larning (amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligi va asos- langanligini;

(d) tegishli buxgalteriya hisobi registrlariga (294-shakl va 292-shakl daftarlarga) to‘liq va to‘g‘ri yozilganligini tekshirib chiqishi kerak.
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi (294-shakl va 292-shakl daftarlaridagi) yozuvlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan
207
so‘ng, ushbu daftarlar (294-shakl) ma’lumotlari asosida «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot» (1-ox shakl) to‘ldiriladi.
«Hisobot oyi uchun ajratilgan mablag‘lar»da tasdiqlangan xarajatlar smetasiga (keyinchalik belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) muvofiq hisobot oyida budjet tashkilotiga xarajatlar tasnifining tegishli paragrafi bo‘yicha hisobot oyi mobaynida g‘aznachilik organlari tomonidan budjet tashkilotining shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar ko‘rsatiladi.
«Yil boshidan ajratilgan mablag‘lar»da tasdiqlangan xara- jatlar smetasiga (keyinchalik belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgar- tirishlarni hisobga olgan holda) muvofiq hisobot yili boshidan o‘sib boruvchi tartibda budjet tashkilotiga xarajatlar tasnifining tegishli paragrafi bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik organlari tomonidan budjet tashkilotining shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatiladi.
«Oylik g‘azna xarajatlari»da budjet tashkiloti tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun hisobot oyida budjet hisobvarag‘idan (shaxsiy hisobvarag‘idan) o‘tkazilgan (to‘langan) mablag‘lar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Bunda, noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilishi (to‘lanishi) va boshqa sabablar tufayli budjet tashkiloti hisobvarag‘iga (g‘aznachilik organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘iga) qaytarilgan mablag‘lar (g‘azna xarajatlarining tiklanishi) hisobga olinishi lozim.
«Yil boshidan g‘azna xarajatlari»da budjet tashkiloti tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun hisobot yili boshidan o‘sib boruvchi tartibda xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi hisobvarag‘idan (g‘aznachilik organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘idan) o‘tkazilgan (to‘langan) mablag‘lar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Bunda, noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilishi (to‘lanishi) va boshqa sabablar tufayli budjet tashkiloti hisobvarag‘iga (g‘aznachilik organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘iga) qaytarilgan mablag‘lar (g‘azna xarajatlarining tiklanishi) hisobga olinishi lozim.
«Budjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va budjet tashkilotining rivojlantirish fondi hisob- varag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar» - qatorida budjet tashkiloti- ning budjet hisobvaraqlaridagi (g‘aznachilik organlaridagi shax- siy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan mablag‘larini rivojlantirish fondi hisobvarag‘iga o‘tkazil- gan summalari 4-ustun bo‘yicha joriy hisobot choragining so‘nggi oyida, 5-ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda o‘tkazilgan mablag‘lar ko‘rsatiladi.
«Xarajatlarning hammasi» - qatorda 2-5-ustunlar bo‘yicha 7 - 10-qatorlarda keltirilgan summalarning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
«Yil boshidagi qoldiqlar», «Mablag‘larni hisobot oyi boshidagi qoldiqlari» va «Hisobot davrining oxiriga qolgan qoldiqlar»da budjet tashkilotining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha (g‘aznachilik organlaridagi shaxsiy hisobvaraqlaridagi) mos ravishda hisobot yili boshidagi, hisobot oyi boshidagi hamda hisobot davri oxiridagi mavjud qoldiq mab- lag‘lar miqdori ko‘rsatiladi. G‘aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraqlari ochilgan budjet tashkilotlari (tegishli budjetdan tash- qari mablag‘lar shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari) ushbu ustunlarni to‘ldirmaydilar.
«Hisobot oyi uchun ajratilgan mablag‘lar» va 4-ustun «Yil boshidan ajratilgan mablag‘lar»da budjet hisob raqami (1-qator) bo‘yicha I bo‘limning 11-qatoridagi mos ravishda 2 va 3-ustunlarida ko‘rsatilgan summalar yoziladi.
Asosiy depozit hisobvaraqqa (Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarga) kelib tushgan budjetdan tashqari mablag‘larning harakati budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli qatorlarda aks ettiriladi.
«Budjet tashkilotlarini (tibbiyot muassasalarini) rivojlantirish fondining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» - qatori bo‘yicha «Hisobot oyi uchun ajratilgan mablag‘lar» va «Yil boshidan ajratilgan mablag‘lar»da budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondi hisobvarag‘iga hisobot oyida va yil boshidan kelib tushgan mablag‘lar miqdori ko‘rsatiladi.
«Xarajatlar smetasi ijrosi bo‘yicha oylik hisobot» (1-ox shakl) budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarajatlar tasnifining har bir paragrafi bo‘yicha alohida-alohida rasmiylashtiriladi.
Oylik hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida muomalalarni amalga oshiruvchi budjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari belgilanadi.

Download 1 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Download 1 Mb.