S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




Download 1 Mb.
bet89/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

§. buxgalteriya balansi

  1. Buxgalteriya hisobotlari va balanslarini taqdim
    etish va tasdiqlash tartibi


Budjet tashkilotlari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbe- kiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘matilgan tartibga muvofiq yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minaladigan budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisobotlariga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetasi ijrosi bo‘yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hiso- botlarini tuzadilar va topshiradilar.
Budjet tashkilotlari yillik buxgalteriya hisobotlari hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvar holatiga rasmiylashtiriladi. budjet tashkilotlari choraklik buxgalteriya hisobotlari hisobot yili- ning 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, oylik buxgalteriya hiso- botlari hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga rasmiylashtiriladi. budjet tashkilotlari tomonidan yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlari g‘azna va haqiqiy xarajatlar bo‘yicha, oylik hisobotlar esa g‘azna xarajatlari bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga va tartibga muvofiq tuzib topshiradilar.
Buxgalteriya hisoboti shakllaridagi barcha rekvizitlar to‘ldi- rilishi kerak. Budjet tashkilotida tegishli aktivlar, passivlar va muomalalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda to‘ldiril- magan taqdirda, ushbu modda ustidan chizib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllari «Bosh-jumal» kitobi (308-shakl) va boshqa buxgalteriya hisobi registrlari ma’lumotlari asosida rasmiylashtiriladi.
Bo‘ysunish bo‘yicha yuqori tashkilotga taqdim etiladigan buxgalteriya hisobotlari hisobot beruvchi budjet tashkilotining rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va muayyan budjet tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobotlarini tegishli vazirlik va idoralarga, hokim- liklar boshqarmalariga ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvo- fiq, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida muomalalarni amalga oshiruvchi budjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari belgilanadi.
200
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to‘lanishi) yil davomida bir budjetdan boshqasiga o‘tkazilgan, yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o‘tkazilgan budjet tashkilotlarida o‘tkazish sanasiga buxgalteriya hisoboti (yillik hisobot shakllari hajmida) rasmiylashtiriladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idora- larga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi idoraga taqdim etiladi.
Budjet tashkilotlari uchun buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisob- lanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda hisobot dam olish kuni arafasidagi so‘nggi ish kunida taqdim etiladi.
Buxgalteriya hisobotlarida o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmas- ligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko‘rsatadilar. Buxgalteriya hisobotlariga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqish paytida mazkur buxgalteriya hisobotlari taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo‘limlari) hamda boshqa yuqori budjet mablag‘lari oluvchilar (Budjet mablag‘larini bosh ta- sarruf qiluvchilar) o‘z tasarrufidagi budjet tashkilotlarining buxgal- teriya hisobotlarini qabul qiladi, ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Download 1 Mb.