§. G‘AZNA MABLAG‘LARI VA QAT’IY HISOBDAGI




Download 1 Mb.
bet85/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

§. G‘AZNA MABLAG‘LARI VA QAT’IY HISOBDAGI

blanklarni inventarlashdan o‘tkazish

  1. G‘azna mablag‘larni inventarlashdan o‘tkazish

G‘azna inventarlanganda pul mablag‘lari va g‘aznada bo‘lgan boshqa boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi.
G‘aznada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga qabul qilinadi.
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar g‘aznadagi naqd pul qoldi- g‘iga kiritilmaydi. G‘aznachining g‘aznada mazkur xo‘jalik yuri- tuvchi subyektga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari e’tiborga olinmaydi.
Naqd pul mablag‘larini inventarlash dalolatnomasida boyliklar qoldig‘i inventarlash kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yi- cha ko‘rsatiladi va inventarlash natijasi belgilanadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari bo‘yicha u yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
Yo‘ldagi pul mablag‘larini inventarlash buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi va hokazolarning kvitansiyalari ma’lumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
Bankda hisob-kitob va joriy hisobvaraqlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa hisobvaraqlarda bo‘lgan pul mablag‘- larini inventarlash xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasining ma’lumotlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar qoldig‘ini bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. G‘AZNA MABLAG‘LARI VA QAT’IY HISOBDAGI

Download 1 Mb.