§. inventarlash natijalarini hisobga olish




Download 1 Mb.
bet83/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

§. inventarlash natijalarini hisobga olish

  1. Budjet tashkilotlarida inventarlashni tartibga solish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiq- langan «Inventarlash jarayonida aniqlangan mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizom» bilan inventarlash jarayonida aniqlangan mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilangan.
Budjet tashkilotining moddiy qiymatliklariga yetkazilgan zarar- lar xodimning moddiy javobgarligi doirasida O‘zbekiston Respub- likasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Inventarlash va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatlik- larning haqiqatda borini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga nisbatan farqlari quyidagicha tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mabag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va budjet tashkiloti moliyalashtirishni ko‘paytirishga hisoblanadi, keyin ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bosh hisobchilari har bir muomala mazmu- nidan kelib chiqib, ularga buxgalteriya ikki yoqlamali yozuv(ikki tomonlama yozish)larini berishi va umumlashtirib borishi lozim.
Aytaylik, inventarlash jarayonida hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar aniqlandi. Mazkur xo‘jalik jarayoniga quyidagicha buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi berilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni:
184

  1. hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari 273-Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida aybdor deb tan

olingan holda (agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa):

  1. hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi

  1. hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi 170- kamomadlarga doir hisob-kitoblar 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan kam bo‘lsa

170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar

  1. agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan ko‘p bo‘lsa

231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi 170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar

170 kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Belgilangan me’yorlar doirasida qiymatliklarning kamayishi budjet tashkiloti rahbarining farmoyishi bo‘yicha budjet tashkiloti moliyalashtirishni kamayishiga hisobdan chiqariladi. Kamayish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo‘llanishi mumkin.
Belgilangan me’yor doirasida qiymatliklarning kamayishi nav- larning aralashuvi bo‘yicha kamomadlar ortiqchalik bilan qoplan- gandan keyingina aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi bo‘yicha qoplash o‘tkazilgandan so‘ng ham qiymatliklar- ning kamomadi qolsa, u holda tabiiy kamayish me’yorlari qiymat- liklarning faqat kamomad aniqlangan nomi bo‘yicha qo‘llaniladi.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda, kamayishi me’yor- dan ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklarning tabiiy kamayish
185
me’yoridan ortiq kamomad hamda qiymatliklarning buzilishidan ko‘rilgan nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o‘tkaziladi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiiste’mol qilinishi natijasida sodir bo‘lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va nobudgarchiliklar aniqlangandan so‘ng 5 kun ichida tergov organ- lariga beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga fuqarolik davosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchi- liklarning aybdorlari aniqlanmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko‘rilgan nobudgarchiliklarni budjet tashkiloti moliya- lashtarilishining kamayishiga hisobdan chiqarish mumkin. Bunda, qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko‘rilgan nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlarni o‘zaro hisobga o‘tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshiri- layotgan davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan budjet tashkiloti rahbarining ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar yo‘l qo‘yilgan navlar almashuvi haqida budjet tashkilotining rahbariga batafsil tushuntirish xatini beradi.
Moddiy javobgar shaxslarning aybisiz paydo bo‘lgan kamomadlar tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga Inventarlash bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o‘tkazilmaganligi sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarlash natijalari inventarlash tugallangan oyda hisob va hisobotda, yillik inventarlash bo‘yicha natijalar esa yillik moliyaviy hisobotda qayd qilinishi kerak.
Inventarlashda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda bori va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining tafovutlarini tartibga solish haqidagi takliflar budjet tashkilotining rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. inventarlash natijalarini hisobga olish

Download 1 Mb.