|
Qat’iy hisobdagi blanklarni inventarlashdan o‘tkazish
|
bet | 86/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovQat’iy hisobdagi blanklarni inventarlashdan o‘tkazish
Qat’iy hisobdagi blanklar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Banklar bilan ssudalar bo‘yicha, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar hisobvaraqlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va shunday bo‘lgan taqdirda, davo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘ining yo‘ldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U hujjatlar bo‘yicha, shuningdek, ikki yoqlama yozuvlanuvchi hisobvaraqlar bilan kelishgan holda tekshiriladi. Bunda faktura qilinmagan mollar tarkibida to‘lanishi «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob- kitoblar» hisobvarag‘ida aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda 190
to‘langan va olingan, lekin yo‘lda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilgani yoki ettirilmagani aniqlashtiriladi.
Mol yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlarida faktura qilinmagan mollar bo‘yicha qolgan summalarga, ana shu hisobvaraq buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruv- chilar xaridorlarga hisobvaraq-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini ma’lum qilishlari shart. Agar mol yetkazib beruvchida qarz bo‘lmasa, u buni xaridorga ma’lum qilishi kerak.
Ishchi va xizmatchilarga qarzlar bo‘yicha o‘z vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar hisobvarag‘iga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha to‘lashlar summalari va buning paydo bo‘lish sabablari aniqlanishi kerak.
Hisobot beriladigan summalar inventarlanganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarning berilgan bo‘naklar bo‘yicha hisobotlari, shuningdek, har bir hisobdor shaxs bo‘yicha berilgan bo‘naklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.
Ishchi inventarlash komissiyasi hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:
banklar, xo‘jalik yurituvchi subyekt qismlari bilan hisob- kitoblarning aynanligi;
balans bo‘yicha qayd etilgan kamomad va o‘g‘irliklarga doir qarz summalari to‘g‘riligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;
balans bo‘yicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va depo- nentlik qarzlari summalarining to‘g‘riligi va asoslangani, shu- ningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga da’volar taqdim etilgan yoki etilmagani;
muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.
|
| |