• Xarajatlarning hammasi
  • Xarajatlar smetasi ijrosi haqida H I S O B O T




    Download 1 Mb.
    bet94/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Xarajatlar smetasi ijrosi haqida H I S O B O T
    201 -yil holatiga

    Xarajatlar nomi

    Xara-
    jatlar
    moddasi

    Qator
    kodi

    Aniq-
    langan
    smeta
    bo‘yicha

    Hisobot davri uchun moliyalash- tirilgan

    G‘azna
    xarajati
    jami

    Haqiqiy xarajat- lar jami
































































    Xarajatlarning hammasi:



















    Rahbar Bosh hisobchi
    « » 201 yil





    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot»ni (2-shakl) tuzishdan oldin budjet tashkilotlari:

    1. tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarni buxgalteriya hisobi registrlariga (294-shakl daftarlariga) to‘g‘ri yozilganligini;

    2. hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘- larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial order, 294-shakl daftari va boshqa buxgalteriya hisobi registrlari asosida);

    3. hisobot choragida amalga oshirilgan g‘azna xarajatlarining (g‘aznachilik organi orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial order, 294-shakl daftarlari va boshqa buxgalteriya hisobi registrlari asosida);

    4. haqiqiy xarajatlarni buxgalteriya hisobi registrlariga to‘g‘ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-shakl daftarlari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari kerak.

    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot»ning (2-shakl)
    «Aniqlangan smeta bo‘yicha» ustuniga budjet tashkilotlarining tegishli tasdiqlangan xarajatlar smetalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgar- tirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo‘yicha yoziladi (01-1-40-«Tibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustamalar va qo‘shimchalar», 01-1-50-«Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi» va «Budjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va budjet tashkilotining rivojlantirish fondi hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar» qatorlaridan tashqari).
    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot»ning (2-shakl)
    «Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan» ustuni bo‘yicha budjet tashkilotiga budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shakli- da keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). budjet tashkilotlari ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘azna- chilik organlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar.
    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot»ning (2-shakl)
    «G‘azna xarajati jami» ustunida budjet tashkilotining budjet mab- lag‘lari bo‘yicha depozit hisobvarag‘idan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftar ma’lumotlari 212 asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi. Budjet tashkilotlari ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik organlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar.
    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot»ning (2-shakl) «Haqi- qiy xarajatlar» ustunida budjet tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (Budjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi.
    «Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot» (2-shakl) budjet tashkilotlari tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida muomalalarni amalga oshiruvchi budjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari belgilanadi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot» budjet tashkilotining hisobot davri oxiriga budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mavjud qarzlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot»ning «Debitor qarzlar» qismida mavjud debitor qarzlar, «Kreditor qarzlar» qismida esa mavjud kreditor qarzlar ko‘rsatiladi. Uning «Jami qarzlar» ustuni bo‘yicha budjet tashkilotining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan tegishli xarajat moddalari bo‘yicha hisobot davrining oxiriga mavjud debitor va kreditor qarzlarning jami summasi ko‘rsatiladi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot»ning «Budjet hisobidan» ustuni bo‘yicha «Jami qarzlar» ustunida ko‘rsatilgan summaning budjet hisobiga vujudga kelgan qismi, «Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan» ustuni bo‘yicha esa budjet tashki-
    213
    lotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko‘rsatiladi.
    Agarda, yuzaga kelgan debitor qarzni budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu debitor qarz budjet hisobidan o‘tkazilgan mablag‘ doirasida xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha budjet hisobidan ko‘rsatiladi. Debitor qarzning qolgan (Budjetdan oshgan) qismi xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi.
    Agarda, yuzaga kelgan kreditor qarzni budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu kreditor qarz xarajatlar tasnifining tegishli moddasini budjet bo‘yicha qoldiq limit mablag‘i doirasida mazkur xarajatlar tasnifi tegishli moddasing bo‘yicha budjet hisobidan ko‘rsatiladi. Kreditor qarzning qolgan (Budjetdan oshgan) qismi xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot»ning «Shun- dan muddati o‘tgan qarz — jami» ustunida «Jami qarz» ustunida ko‘rsatilgan qarzdan muddati o‘tkazib yuborilgan, qonun hujjat- larida belgilangan muddatlarda tugatilmagan qarzning umumiy summasi, «Budjet hisobidan» ustunida budjet mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi, «Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan» ustunida esa budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko‘rsatiladi. Uning «Shundan Respublika tashqarisida» ustunida esa muddati o‘tgan qarzning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi ko‘rsatiladi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot»ning «Izoh» ustunida qo‘shimcha izohlar keltiriladi.
    «Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot» budjet tash- kilotlari tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashki- lotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘ri- sida»gi qaroriga muvofiq, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt etib belgi- 214 langan davr mobaynida muomalalarni amalga oshiruvchi budjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan hisobotlarni topshi- rishning alohida muddatlari belgilanadi.
    Budjet tashkilotlarining yillik buxgalteriya hisoboti. Budjet tashkilotlarining yillik buxgalteriya hisoboti tarkibida quyidagilar bo‘ladi:

    1. Balans (1-shakl);

    2. Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

    3. Budjet tashkilotining rivojlantirish fondi bo‘yicha daromad va xarajatlar to‘g‘risida hisobot (2-rj-shakl);

    4. Tibbiyot muassasasini moddiy rag‘batlantirish va rivojlan- tirish jamg‘armasi bo‘yicha daromad va xarajatlar to‘g‘risida hisobot (2-tmmrrj-shakl) (faqat tibbiyot muassasalari uchun);

    5. O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromad va xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risida hisobot (2-tk- shakl);

    6. Boshqa maxsus mablag‘lar fondi bo‘yicha daromad va xarajatlar ijrosi to‘g‘risida hisobot (2-bmmj-shakl);

    7. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining hisoblanishi va to‘lanishi to‘g‘risida hisobot (3-vmqn-shakl);

    8. Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot;

    9. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (5-shakl);

    10. Material zaxiralar harakati to‘g‘risida hisobot (6-shakl);

    11. Budjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hamda moddiy qiymat- liklarning kamomadi va o‘g‘irlanishi to‘g‘risidagi hisobot (15-shakl).

    Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir- ligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organ- lariga - «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»ni (2-shakl) ham taqdim qiladi.
    Budjet tashkilotlarining yillik va choraklik buxgalteriya hisobot- lariga tushuntirish xati ilova qilinadi.
    Tushuntirish xati budjet tashkilotining rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), budjet tashkilotining bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo‘limi
    215

    Download 1 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xarajatlar smetasi ijrosi haqida H I S O B O T

    Download 1 Mb.