S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




Download 1 Mb.
bet2/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

UO‘K336.1:657(075)
KBK65.261.3
© «VORIS-NASHRIYOT», 2012 © «VNESHINVESTPROM», 2013
KIRISH
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobini rivojlantirish, buxgal- teriya hisob sohasida islohotlar jarayonining avj olishi shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olim va mutaxassislar zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklaydi. Bugungi kunda g‘azna ijrosida mablag‘larni maqsadli ishlatish, budjet tashkilotlarida hisob-kitob muomalaldarini shakllantirish hamda hisob siyosatining tizimli ma’lumotlarini umumlashtirishni tashkil qilish, xalqaro andazalar darajasida milliy andozalar talablarining ijrosini ta’minlashni taqozo etadi. budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida hisob siyosatini takomillashtirishning zaruriyati shundan iboratki, bu jarayonlarning pirovard natijasida budjet tashkilotlari doimiy sur’atda ishlab, rivoj topadi hamda budjet tashkilotlari manfatlari darajasini oshiradi. Zero, iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qilish, mulkchilikning xilma-xil shakllarida bozor mexanizmlarini qo‘llashni biladigan, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy negizi bo‘lgan malakali inno- vatsion texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, buxgalteriya soha- sida bilim-ko‘nikmalari yuksak bo‘lgan yosh kadrlar tayyorlashda mazkur o‘quv qo‘llanma birlamchi hisoblanadi.
Mamlakatimizda budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ga’znachilik tizimining joriy qilinishi obyektiv zarurat bo‘lib, mazkur tizim bugungi kunda o‘zining samarasini amalda ko‘rsatib kelmoqda. Bu albatta davlat tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy yo‘nalishlardan biridir. Malakali professor-o‘qituvchilar ham bu yo‘nalishda munosib hissa qoshishlari lozim.
Mazkur o‘quv qo‘llanma aynan o‘quvchi-yoshlarga budjet tash- kilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning naza- riy jihatlarini amaliy ma’lumotlar asosida tushunchalar berishi bilan ahamiyatlidir. Iqtisodiy bilimli va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan yoshlar mamlakatimizning buyuk kelajagini qurishda hal qiluvch kuchga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Bu borada yuksak vazifalarni bajarish, xususan, davlat budjeti- ning asosiy qismini tashkil etuvchi budjet tashkilotlarida buxgalte- riya hisobini yuritishning o‘ziga xos qirralari, vazifalari va maz- muni, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobi, smeta xarajat- larini tuzilishi va uning bajarilishi hisobining xususiyatlari, pul mablag‘lari, asosiy vositalar va moddiy zaxiralar hisobi, mehnat sarfi, mehnatga haq to‘lash hisobi, ijtimoiy sug‘urta muassasalariga ajratmalar hisobi va ular bo‘yicha hisoblashishlar, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlar, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi, mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlash va ular- ning natijalarini hisobga olish, hisobvaraqlarga yillik xulosalar va ularning yopilishi, budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobotlari va shu kabilar hisobchilar hamda mutaxassislar zimmasiga kiradi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini o‘rganish iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi nazariyasi, tannarx kalkulatsiyasi, iqtisodiy tahlil, audit, mikroiqtisodiyot, statistika, marketing va menejment asoslari soliq tizimi, pul muomalasi va kredit, tadbir- korlik va biznes asoslari fanlarini o‘zlashtirishdan boshlanadi.
«Budjet tashkilotlarida buhgalteriya hisobi» darsligini o‘qish orqali o‘quvchilar budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risida berilgan tushuntirishlar bo‘yicha ko‘proq mustaqil ravish- da amaliy mashg‘ulotlar bilan taqqoslagan holda o‘rgansa, ularning bilim va ko‘nikmalari kundan-kunga ortishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmani o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (multimediali kompyuter majmuasi, proyektor, kodoskop)lardan, yangi pedagogik texnolo- giyalar, ya’ni aqliy hujum, kichik guruhlarga bo‘linib ishlash, keys-stadi, breyn-ring ish o‘yinlari, bahs-munozara, zanjir, shaja- ra daraxti va boshqalar, shuningdek «1S buxgalteriya hisobi» va «Buxgalteriya elektron madad» buxgalteriya dasturlaridan foyda- lanib, o‘rganilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.


  1. Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 1 Mb.