§. XO‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH




Download 1 Mb.
bet8/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

§. XO‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH

  1. Boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularning majburiy va qo‘shimcha rekvizitlari

Boshlng‘ich hujjatlar va ularning rekvizitlari O‘zbekiston Res- publikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 9-modda- si, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarai tasdiqlash haqida»gi 140-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 23-dekabrdagi N° 131 sonli hamda 2004-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan M 1297-sonli
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi» buyrug‘i hamda buxgalteriya hisobining
13
milliy standartlari ijrosini ta’minlash maqsadida budjet tashkilotlari buxgalteriya bo‘limida hujjatlarni tartibga solish shart.
Shuningdek, budjet tashkilotlarida har bir muomala jarayon- larining o‘zini rasmiylashtirish hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular muomala sodir etilgan vaqtida rasmiylashtirilib borilishi lozim. Hujjatlar rasmiylashtirilish jarayoni albatta tasdiqlangan hujjat blankalari orqali ma’sul ijrochilar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy va qo‘shimcha rekvi- zitlari mavjud bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyida- gilardir:

  • tashkilotning (muassasaning) nomi;

  • hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;

  • xo‘jalik muomalasining qisqacha mazmuni va miqdor o‘lchovi (natura holida va pulda ifodalangan holida);

  • mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.

  • Birlamchi hujjatlarda quyidagi qo‘shimcha rekvizitlar2 keltiri- lishi mumkin:

  • tashkilotning yuridik manzili;

  • hujjat bilan qayd qilingan xo‘jalik muomalasini amalga oshi- rish uchun asos;

  • hujjatlashtirilayotgan xo‘jalik operatsiyasining xususiyatini belgilaydigan boshqa qo‘shimcha rekvizitlar.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. XO‘JALIK MUOMALALARINI HUJJATLASHTIRISH

Download 1 Mb.