|
S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov
|
bet | 5/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovIkkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish - ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya muomalalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi lozimligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir muomala bo‘yicha bir miqdor buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag'ida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.
Davomiylik-moliyaviy hisobotni davomiylik qoidasi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.
Xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish barcha xo‘jalik muomalalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda o‘lchanishi - pul bilan baholanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida pul birligi - so‘m, uning bo‘lak- lari - tiyinlardir.
Ishonchlilik- axborotda muhim xato yoki g‘arazlilik bo‘lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo‘lsa, ishonchli hisoblanadi.
Muomalalar yoki voqealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
Ehtiyotkorlik - ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktiv- lar va daromadlar narxining oshirilib yuborilishiga va majburiyatlar yoki xarajatlar bahosi kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligini bildiradi.
Bu tamoyilning qo‘llanishi yashirin zaxiralarni barpo etishga yoki ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majbu- riyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi. Ushbu tamoyilning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisobga olish hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot muomalalar va voqealarning mazmunini to‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko‘rsatilishi lozim.
8
Ko‘rsatkichlaming qiyosiyligi- moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Hisobotdan foydalanuvchilar xo‘ja- lik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlash chog‘ida foy- dalangan hisob siyosatidan, bu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va bunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Qiyosiylik tamoyiliga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
butun axborot miqdoriga nisbatan talablar;
hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv o‘zgargan taqdirda undan oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi lozim;
agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etish mumkin bo‘lmasa, basharti qayta tasnif amalga oshirilganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlammg sabablari va xarakteri ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning xolisligi- moliyaviy hisobotning ishonch- liligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli bo‘lishi kerak.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi- aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash tamoyili ularning tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi.
Andazalarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi- hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir- biriga muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror- bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xara- jatlariga ham taalluqlidir.
Tushunarlilik -moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborot foy- dalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo‘lishi lozim.
Ahamiyatlilik- moliyaviy axborotning ahamiyatliligi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ular-
9
ning ehtiyojini qondirishi va operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga doir voqealarga baho berishda ularga yordam berishi lozimligini bildiradi. Axborotning mohiyati va qiymati uning ahamiyatliligiga ta’sir qilishi mumkin.
Muhimlik- agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki noto'g'ri ko'rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
To‘g‘ri va beg‘araz tasavvur- moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarda subyektning moliyaviy ahvoli, muomalalarning natijalari va pul mablag'larining harakati to'g'risida haqqoniy va beg'araz tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugallik-ishonchlilikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobot- lardagi axborot to'la bolishi kerak.
Izchillik- moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar xo‘jalik yuri- tuvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobot- larini uning moliyaviy ahvolidagi o'zgarishlar tamoyillarini aniqlash uchun qiyoslash imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.
Zamonaviylik- axborot o'z vaqtida berilgan taqdirdagina u foydali bo'ladi. Agar moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilar tasarrufiga tuzilgan vaqtdan keyin oqilona vaqt ichida taqdim etilmasa, uning foydasi qolmaydi. Hisobot axborotlari asossiz ravishda ushlab qolinsa, u o'z ahamiyatini yo'qotishi mumkin.
Xolislik-moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy natijalarini va pul mablag'larining harakatini xolisona ko‘rsatishi lozim.
Xolislik tamoyiliga erishish uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog'ida BHMA va buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qo‘llanishga majburdir.
Faoliyatning xilma-xil turlari bo'yicha yangiliklarni joriy etishning tezligi shunday muomalalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday muomalalar va vaziyatlar bo'yicha Buxgalteriya Hisobi Milliy andazalari (BHMA) hali ishlab chiqilmagan. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga hisob siyosatini tanlash va qo‘llanish yo‘li bilan erishiladi. Bunday siyosat xo‘jalik 10
yurituvchi subyekt tomonidan ushbu andazaga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.
Hisob siyosati budjet tashkiloti moliyaviy hisobotni tayyor- lash va tuzish uchun foydalanadigan maxsus tamoyillarai, kon- ventsiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Budjet tashkiloti ham hisob siyosatini shakillantirish vaqtida mazkur tashkilotning ishlash, ish yuritish mexanizmini eng maqbul variantlarini hisobga olish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida tuzilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish 1998-yil 26-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan N° r7-17/86-sonli xati hamda 1998-yil 14-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan N° 474-buyrug‘ini inobatga olib, budjet tashkiloti «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ni 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy andazasiga muvofiq «Hisob siyosati»ni tashkilot miqyosida ishlab chiqishdan boshlanadi.
|
| |