|
Hujjatlashtirishga qo‘yilgan talablar
|
bet | 9/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovHujjatlashtirishga qo‘yilgan talablar
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxs- lar ularning o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishiga ma’suldirlar.
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi qatnash- chilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, bank va g‘azna-pul muomala hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga umuman yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
To‘g‘ri bajarilgan ishga nazorat organlari tekshiruvchi auditorlari va monitoring xodimlari tomonidan berilgan xulosalarida ijobiy fkirlar yozilishiga sabab bo‘ladi.
Buxgalteriya bo‘limida ish yuritishni tartiblashtirish uchun hamda hujjatlar betartib yig‘ilishlarining oldini olish maqsadida reestr papkalarini joriy etish buxgalterning mahorati bilan tartibga solib boriladi. Reestr papkalarga quyida namunadan sanab o‘tamiz:
kirish xatlari
chiqish xatlari
buyruqlar
farmoyishlar
qaydnomalar
shartnomalar
kommunal to‘lovlar bo‘yicha hisoblashishlar
to‘lov topshiriqnomalari
g‘azna hujjatlari va hisobotlari
moddiy javobgar shaxlarning hisobotlari
hajmi katta va keng ko‘lamdagi ishlar uchun
soliq hisobotlari
bank hisobotlari va h.k.
Yuqoridagilar bo‘yicha tuman arxiv bo‘limi bilan qilingan ishlarni tasdiqlatib, nomenklatura hujjat shakliga keltirib shakllan- tirib qo‘yish shart. Chunki budjet tashkilotlarida buxgalteriya huj- jatlari nazorat organlari tomonidan, monitoring xodimlari tomo- nidan tekshirishdan o‘tgandan keyin buxgalteriya hujjatlari 1 yil- gina o‘zida saqlanadi. Qolgan davrlar uchun barcha hujjatlar belgilangan tartibda arxivga topshiriladi.
|
| |