• Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
  • Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli




    Download 1 Mb.
    bet17/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

    Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli buxgalteriya hisobida ayrim boshlang‘ich hisob hujjatlari yoki guruhlovchi va yig‘uvchi qaydnomalar asosida memorial-orderlar rasmiylashtiriladi va har bir orderning umumiy summasi ro‘yxatga olish jurnaliga yoziladi. Memorial-orderlarning ma’lumotlari bosh kitobga yoki bosh kitobning o‘rnini oladigan nazorat qaydnomaga yoziladi. Bunda debet hisobvarag‘i bo‘yicha ikki yoqlama yozuvlanuvchi kreditlanuvchi hisobvaraqlar hamda kredit hisobvarag‘i bo‘yicha ikki yoqlama yozuvlanuvchi debetlanuvchi hisobvaraqlar ko‘rsati- ladi. Oy tugagandan keyin har bir hisobvaraqning debeti va kreditidagi qiymatliklar sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma qaydnomaga o‘tkaziladi. Bu qaydnomaning jami ro‘yxatga olish jurnali bo‘yicha jami summa bilan solishtiriladi. Memorial- orderlarga ilova qilingan hujjatlaraing ma’lumotlari bo‘yicha analitik hisob hisobvaraqlari olib boriladi; oyning oxirida ular asosida aylanma qaydnomalari rasmiylashtiriladi; sintetik hisob- varaqlar bo‘yicha aylanma qaydnoma bilan solishtiriladi. Sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma qaydnoma asosida balans rasmiy- lashtiriladi.
    Memorial-order shaklining asosiy kamchiliklari bo‘lib, analitik hisobning sintetik hisobdan alohidaligi, bitta summaning ko‘p marotaba yozilishi(memorial-orderda, ro‘yxatga olish jurnalida, sintetik hisob va analitik hisob registrlarida), hisobot tuzishda joriy hisob ma’lumotlarini yig‘ib chiqilishi va guruhlashtirilishini amalga oshirish kerakligi hisoblanadi.

    1. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli

    Budjet tashkilotlarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini aks ettirish borasida belgilangan me’yoriy hujjat talablariga muvo- fiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial-order shaklida hisob - kitoblarini yozib boriladi. Barcha vazirliklar, davlat qo‘mi- talari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi boshqarmalar, 28
    bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobini yuritishni jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin.
    Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli ko‘pgina budjet tashkilotlarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli muomalalari ko‘p bo‘lgan budjet tashkilotlarida qo‘llaniladi.
    Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli boshlang‘ich hisob hujjatlarining ma’lumotlarini sintetik va analitik hisobini olib borish uchun kerak bo‘ladigan tushunchadan kelib chiqib, umumlash- tirishda foydalanishga asoslangandir. Hisobning bu shaklida umum- lashtiruvchi registrlarning ikki xil shakli qo‘llamladi: jurnal-or- derlar va yordamchi qaydnomalar. Jurnal-orderlarda ikki yoqlama yozuvlanuvchi hisobvaraqlar keltiriladi, shuning uchun ham memorial-orderlarni tuzish zarurati yo‘q. Jurnal-orderlarda yozuvlar alohida-alohida hisobvaraqlar tartibida olib boriladi, shuning uchun ham ro‘yxatga olish jurnalini yuritishga zarurat qolmaydi.
    Boshlang‘ich hisob hujjatlarining yoki yordamchi va guruh- lovchi qaydnomalarning ma’lumotlari har bir sintetik hisobvaraqga alohida-alohida yuritiladigan jurnal-orderlarga yoziladi. Ayrim jurnal-orderlar bir-nechta o‘zaro aloqador sintetik hisobvaraqlar uchun tayinlangan bo‘ladi. Jurnal-orderlar kredit alomati bo‘yicha tuzilgan, ya’ni ularda yozuvlar mazkur hisobvaraqning krediti bo‘yicha ikki yoqlama yozuvlanuvchi debetlanuvchi hisobvaraqlar bilan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotining g‘azna va talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiya ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun debet bo‘yicha max- sus qaydnomalar ham yuritiladi. Jurnal-orderlarning oylik jami bosh kitobga o‘tkaziladi. Bu bosh kitob memorial-order shakli- da olib boriladigan bosh kitobdan shaklan farq qiladi, chunki hisobvaraqning krediti bo‘yicha kredit aylanmaning umumiy summasini ikki yoqlama yozuvlanuvchi debetlanuvchi hisob- varaqlar bo‘yicha bo‘linmasdan yozish uchun bir ustun ko‘zda
    tutilgan. Bundan tashqari, aylanmani yozish uchun har bir oyga faqat bir qator ajratiladi; saldo ko‘rsatiladi. Bosh kitob asosida (sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzmasdan) balans rasmiylashtiriladi.
    Jurnal-orderlarda ko‘pgina hisobvaraqlar bo‘yicha sintetik va analitik hisoblar birga olib boriladi. Katta miqdordagi analitik hisobvaraqlarga ega bo‘lgan hisobvaraqlar bo‘yicha alohida analitik hisob olib boriladi. Bu analitik hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma yoki saldo qaydnomalari rasmiylashtiriladi.
    Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar va registrlar soni qisqaradi; analitik hisob sintetik hisob bilan yaqin- lashtiriladi; ko‘pgina hisobot ko‘rsatkichlarni joriy hisob registr- laridan to‘g‘ridan to‘g‘ri olish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa hisobotni tuzishni osonlashtiradi va tezlashtiradi hamda hisob analitik sifatini yuqori darajaga ko‘taradi.
    Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli kamchiliklarga ega bo‘lib, ayrim jurnal-orderlammg tuzilishini murakkabligi va beso‘naqayligi buxgalteriya hisobida shaxsiy kompyuterlarni qo‘lla- nilgan hollarda jurnal-orderlami qo‘llashning qiyinligi hisoblanadi.


    1. Download 1 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

    Download 1 Mb.