|
Buxgalteriya bo‘limi boshlig‘ining malaka talablari
|
bet | 20/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBuxgalteriya bo‘limi boshlig‘ining malaka talablari
Budjet tashkiloti buxgalteriya bo‘limi boshlig‘ining malaka talablarini sanab o‘tamiz:
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlanadigan xodim kamida bakalavr yoki magistrlik darajasida buxgalteriya hisobi mutaxassisi bo‘lishi bilan bir qatorda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ishlagan bo‘lishi kerak. Ba’zi hollarda kuchli iqtidor sohibi bo‘l- sagina, uni budjet tashkiloti buxgalter mutaxassisligi doirasida ish- lash vaqtini 5 yildan kamaytirishi yoki yo‘qqa chiqarilishi mumkin;
Yuqori tashkilotlardan keladigan va bo‘lim faoliyatiga alo- qador nizomlar, yo‘riqlamomalar va boshqa normativ hujjatlami bilishi kerak;
Hech bo‘lmaganda debet, kredit, foyda, zarar, hisobot, jarima, javobgarlik, ma’suliyat kabilar borasida kasbdoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan ma’naviyatli inson bo‘lishi kerak;
Har qanday muomala mazmuni bo‘yicha buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlarini amalga oshirishni bilishi shart.
Bo‘limda, bo‘lim boshlig‘i ishda bo‘lmagan davrda (safarda, ta’tilda yoki betob bo‘lganida) uning vazifalarini yetakchi mutaxas- sislardan biri bajaradi va bu holat budjet tashkiloti bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkiloti bosh hisobehisining javobgarligi
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining javobgarligi quyidagilarda gavdalanadi:
Bosh hisobchi o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasining qarorlari, nizomlari, korxona nizomi, Bosh hisobchilar haqidagi yo‘riqnoma, hay’at qarorlari, budjet tashkiloti direktorining barcha buyruqlariga qonun doirasida rioya qiladi.
Buxgalterlik hisobotlarini o‘z vaqtida va aniq tuzib, man- zillarga jo‘natishni nazorat qiladi.
Xarajat uchun olingan mablag‘larning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisobga olinishini nazorat qiladi.
Lavozim bo‘yicha uning zimmasiga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ma’suldir;
Mehnat va moliyaviy intizomning korxona ichki tartib-qoida- larining bajarilishiga ma’suldir;
Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi talablarining benuqson bajarilishiga ma’suldir. Shuningdek, berilgan yoki jo‘na- tilgan hujjatlar belgilangan ijro intizomi talablari doirasida bajari- lishining nazorat (monitoring)ini olib boradi.
Budjet tashkilotida topshiriqlarning berilishi hamda ularning ijrosi yuzasidan hisobotlarni talab qilishda buxgalteriya bo‘limining rolini (4-chizma) ko‘rib o‘tamiz.
34
Bu yerda:
► Topshiriq olish. -► Hisobot talab qilish.
4-chizma. Budjet tashkiloti rahbarining topshiriq berishi va bosh hisobchini
g‘azna ijrosi yuzasidan davriy hisobotlarni qabul qilish.
Quyidagi strukturaviy tuzilishdan, bosh hisobchini to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbardan topshiriqlar olib, u bo‘yicha hujjatlar ijrosini ta’minlashini ko‘rishimiz mumkin.
Rahbarning barcha muovinlari bosh hisobchi ustidan buyruq berishlari yoki g‘azna ishlarini nazorat qilishlari mumkin emas.
Agar tashkilot rahbari buyruq chiqarish orqali rasmiy ko‘rinish kiritadigan bo‘lsa, shunda ham nazorat organlari mutaxassislari jalb qilinsagina (a’zo sifatida tekshirish komissiyasida qatnashishi) kuzatuvchi sifatida talluqli masalalarda ishtirok etishi mantiqqa to‘g‘ri keladi.
Bosh hisobchi moliyaviy ishlar (G‘azna ijrosi) yuzasidan rah- barning barcha muovinlari, boshqarma (bo‘lim)lardan davriy hiso- botlarni talab qilishga, tasdiqlangan smeta xarajatlarini g‘azna talab- lari doirasida nazoratga ma’sul hisoblanadi.
Bosh hisobchi va uning yordamchi muovinlari buxgalteriya hisob ishlarini yuritishda maxfiylikka rioya qilishlari shart (1996- yil 30-avgust O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri- sida»gi Qonunining 22-moddasi).
Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga budjet tashkiloti direktori ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida na- zarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi registr- lari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik uchun javobgarlikka torti- lishi mumkin. Shuningdek, buxgalteriya hujjatlarini saqlash va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy ma’lumot- lari kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa me’yoriy-huquqiy hujjat- larida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi. Undan tashqari, buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish yuqori vakolatli davlat nazorat organlari tomonidan chiqarilgan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi.3
Rahbar imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarining ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga - rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar (rahbar, birinchi o‘rinbosari), ikkinchi- siga - buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Budjet tashkiloti rahbari va bosh hisobchisining imzosi bo‘lma- gan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
|
| |