|
§. harajatlar smetasi va uning tarkibi
|
bet | 21/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. harajatlar smetasi va uning tarkibi
Xarajatlar smetasining me’yoriy-huquyiy asosi
Budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari 2010-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining N° 92-sonli buyru- g‘i hamda 2010-yil 19-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining N° 2157-sonli xatlari asosida ishlab chiqaril- gan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashki- lotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Nizomi asosida tartibga solinadi.
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborot- nomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), «Davlat budjetini g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘p- lami, 2004-y., 43-son, 453-modda) qonunlari, O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son «O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52- son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 1997-yil 14-iyuldagi 358-son «Davlat budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tartib- ga solish to‘g‘risida»gi, 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda), 2003 -yil 19-noyabrdagi 520- son «:Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2003-y., 22-son, 223-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son «O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun huj- jatlari to‘plami, 2004-yil, 52-son, 523-modda) qarorlariga muvo- fiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashki-
lotlarining budjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Budjet tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqilgandan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet tashkilotlari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun g‘azna ijro xara- jatlarini amalga oshiradi. Shuningdek, budjet tashkilotining xarajat- larni qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lgan budjet tashkilotlari ham budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish orqali o‘z xarajatlari doirasida mablag‘larni maqsadli ishlatadi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetasi deb, budjet tashkilotlari tomonidan joriy moliya yili uchun rasmiylashtiriladigan va tasdiq- lanadigan xarajatlarni aniq moddalar bo‘yicha taqsimlovchi hujjatga aytiladi. Unda budjet tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi hujjatining moddalarida xarajatlar moddalari bandlari ketma-ketligi aniq maqsadlar uchun qayt etilib, oldindan belgilanadi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun rasmiylashtiriladigan va tasdiq- lanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil topish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi;
Xarajatlar moddasi - budjet tasnifining qismi bo‘lib, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va to‘lovlarni aniq turlarini ifodalaydi;
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutil- gan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan 38
mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari - qonun- chilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lar.
Davlat budjetidan mablag‘ oladigan tashkilotda tasdiqlangan xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari mablag‘lar mavjud bo‘lganda esa budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bo‘lishi shart.
Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilan- magan bo‘lsa, mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvali- ni tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtat- lar va budjetdan moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmo- yishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimi- yatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari va farmoyishlarida ko‘zda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga - 1-yanvardan 31-dekabrni ham qo‘shgan holda, mavsumiy yoki joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish muddatiga rasmiylashtiriladi va amal qiladi.
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilin- gunga qadar bo‘lgan davrda xarajatlar budjet tashkilotllari tomo- nidan vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetasini, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi va tariflari quyidagicha hisobga olinadi:
mavsumiy tashkilotlar yoki joriy yilda ishga tushirilgan tash- kilotlar bo‘yicha - ushbu tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi bosh- langan oyning birinchi sanasi holatiga;
qolgan tashkilotlar bo‘yicha - mazkur smetalar tuzilayotgan tegishli yilning 1-yanvariga bo‘lgan amaldagi shartlarda.
Budjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo‘shimcha xarajatlarga tashkilotlarning xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
Tashkilotlarning tasdiqlangan yil yoki choraklarga (oylarga) belgilangan xarajatlar smetasi mablag‘lari miqdoriga yil davomida kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha yuqori tashkilotlar o‘ziga bo‘y- sunuvchi tashkilotlarni yozma ravishda xabardor qilishlari lozim.
Bu o‘zgartirishlar tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan smeta- larga tuzatishlar kiritmay, g‘azna va haqiqiy xarajatlar kitobida (294-son shakl) hisobga olib boriladi.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari mablag‘- lar bo‘yicha smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shuningdek, shtatlar jadvali, qoida tariqasida, ming so‘mda rasmiylashtiriladi.
|
| |