|
Xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish
|
bet | 23/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovXarajatlar smetasini ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo‘limlari va xarajatlar smetalarini tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ularga yetkazilgan ajratilgan mab- lag‘lar hajmlari, belgilangan tartibda rejalashtirilgan yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlari doirasida o‘z qaramo- g‘idagi tashkilotlarning kelib tushgan xarajatlar smetalarini sinchiklab ko‘rib chiqishni ta’minlaydilar.
Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
qonunchilik talablariga, shuningdek, kelgusi yil smetalarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratishga yo‘l qo‘ymaslik;
alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va ularni moliya- lashtirish imkonini ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsim- lashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan sum- malarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Agar tashkilotlarning xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respub- likasi vazirligi, idorasi bo‘yicha, hokimiyatning boshqarma, bo‘li- mi bo‘yicha jami xarajatlar summasi yoki ish haqi, ish haqiga ajratmalar, kapital qo‘yilmalar va xarajatlaming boshqa turlari bo‘yicha xarajatlar summasi qabul qilingan budjet va tegishli moliya organlari tomonidan ularga yetkazilganiga nisbatan ortiq bo‘lsa, vazirlik, idora, hokimiyatning boshqarma va bo‘limi rahbari alohida tashkilotlarning xarajatlar smetalari bo‘yicha xarajatlarini tegishlicha qisqartirishi lozim.
O‘z qaramog‘idagi tashkilotlarning xarajatlar smetalarini, mar- kazlashtirilgan xarajatlar uchun xarajatlar smetalari va vazirliklar, idoralar, hokimiyatning boshqarma va bo‘limini saqlash uchun xarajatlar smetalarni ko‘rib chiqqandan keyin O‘zbekiston Res- publikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari jismoniy ko‘rsat- kichlar (sinflar, koykalar miqdori, xodimlar soni va shu kabilar) bo‘yicha jamlanma hisob-kitoblarning ilovasi bilan birga Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq bo‘lim, kichik bo‘lim, bob va moddalar kesimida jamlanma xarajatlar smetalarini tuzadilar.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘lim- lari tashkilotlarning smetalari bo‘yicha ishlarni yakunlashi bilan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirliklariga va tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar tomonidan belgilangan muddatlarga kelgusi yil budjeti bo‘yicha quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
barcha smetalar bo‘yicha xarajatlar yig‘indisini budjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va xarajat modda- lari hamda yilning choraklari (oylari) bo‘yicha bo‘lingan holatda;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgi- langan shaklga muvofiq tashkilotlar kesimida setlar, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.
Bir vaqtning o‘zida, moliya organining talabiga asosan alohi- da tashkilotlar bo‘yicha tekshirish va tanishib chiqish uchun, keyinchalik, moliya organi qaytarib beradigan xarajatlar smetasiga ilovalar va hisob-kitoblar taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari taqdim etilgan materiallarni jamlangan xarajatlar smeta- si bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlanayotganda belgila- nadigan umumiy xarajatlar hajmiga, belgilangan ish haqi, ish beruvchining ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar turlari bo‘yicha amal qilinganligini, shuningdek, Davlat budjetini 48
tuzish bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilishi nuqtayi naza- ridan tekshiradilar.
Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda moliya organlari vazir- liklar, idoralar, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlariga, tasarruflaridagi muassasalarning smetalari bo‘yicha xarajatlarini qisqartirishni taklif qiladilar.
Vazirliklar, idoralar, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘lim- lari tomonidan norozilik yuzaga kelsa, umumlashtirilgan smeta- larga aniqlik kiritish masalasi bo‘ysunuviga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli hokimiyatlar tomonidan hal etiladi.
Umumlashtirilgan smetalar tekshirilganidan va zarur bo‘lgan hollarda ularga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tashki- lotlarga umumlashtirilgan smetalarning tegishli budjetga kiritilgani haqida xabar beradilar va ayrim tashkilotlar bo‘yicha tekshirishga olingan xarajatlar smetalarini qaytarib beradilar.
Tumanlar, shaharlar (shaharga bo‘ysunadigan tumanlar) tegishli hokimiyatlarining boshqarmalari va bo‘limlari shu budjetlarda turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetalarini ko‘rsatilgan tartibda ko‘rib chiqadilar va mablag‘larni tuman, shahar budjetiga taqsim- langandan so‘ng tuman va shahar moliya bo‘limi xabar qilgan summalar doirasida xarajatlarni qabul qiladilar.
|
| |