Shtatlar jadvalini tuzish




Download 1 Mb.
bet25/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Shtatlar jadvalini tuzish

Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘lin- malari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda, rasmiylashtiriladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy- boshqaruv, o‘quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razradlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi shart:

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadva- lida va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razradlarda (bazaviy stavka- larda) nazarda tutilgan lavozimlarga;

  • xodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;

  • tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvallariga;

  • davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomen- klaturasi (ro‘yxat raqami 1288, 2003 -yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yo- riy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan muvofiqligiga.

Tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq mehnatga haq to‘lanishi hisob- kitob qilinadigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha (o‘qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, o‘rta tibbiy xodimlar va boshqalar), to‘lovlarning turlari bo‘yicha (pedagoglarga daftar tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va boshqalar) oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda va tarifikatsiya ro‘yxatini shtatlar jadvaliga ilova qilgan holda kiritiladi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar natijasida usta- malar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlanti- rishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi, masalan:

  • mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miq- dorda shakllanadigan budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi;

  • uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi shakllantiriladi;

  • mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi ishlab chiqiladi;

  • umumta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi va boshqalar inobatga olinadi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Download 1 Mb.