Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzisb, ko‘rib chiqish va tasdiqlash




Download 1 Mb.
bet26/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzisb, ko‘rib chiqish va tasdiqlash

Tashkilotlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini va xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilan- gan tartibda amalga oshiradilar. Budjet tashkilotlari quyidagi bud- jetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzishlari mumkin:

  • budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi;

  • tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlan- tirish jamg‘armasi;

  • ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar;

Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘- batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada budjetdan tash- qari mablag‘lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarning daromad qismiga budjetdan tashqari mablagiammg qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbalari bo‘yicha kutilayotgan mablag‘lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag‘lar qoldig‘i kiritiladi.
Qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar hisobidan xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga mazkur Nizomning III bobida ko‘rsatilgan tartibda tuzilgan shtatlar jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi.

Download 1 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzisb, ko‘rib chiqish va tasdiqlash

Download 1 Mb.