2-mavzu:
Matnning ta’rifi. Matnni tashkil etuvchi birliklar
Reja:
1.
Matn nima?
2.
Matn birliklari
3.
Matnning tarkibiy qismlari.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Madjidova R.U va b. Tilshunoslik
fanidan
ma’ruzalar matni. Toshkent –
2022
2. Xabibullayev Quvonchbek. “Matn va uning turlari”
3. Matn Tahlili» - M. I. Qosimov.
4. Н.Н.Дуйсенбаева . “Oсобенности работы с
текстом в начальных
классах” Toronto, Canada.- may 21st 2022
5. Валгина Н.С. Теория текста. М., 2013.
Величко Л.И. Работа над текстом на уроках русского языка. М., 2014.
6. Виноградов В.А. и др. Краткий словарь лингвистических терминов.
М., 1995.
7. Асмолов А.Г. Как проектировать универсальные учебные действия в
начальной школе. М, Просвещение, 2008 год
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. Uz
Tayanch soʻz va iboralar:
matn qismlari, birliklari, matn qismlarini
bogʻlovchi birliklar, matn ifoda qobigʻi,
matnning semantik birligi, mikromatn,
makromatn.
“Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Oʻzbek tilining
izohli lugʻatida matn soʻzining arabchadan oʻzlashganligi, eskirgan kitobiy soʻz
ekanligi va aynan tekst soʻzi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Ayni
lugʻatda tekst soʻziga quyidagicha ta’rif beriladi:
1. Yozilgan, koʻchirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu
kabilar yoki ularning bir parchasi matn. Maqolaning teksti.
2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos
boʻlgan she’r, soʻz.
3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi.
Demak, matn deyilganda faqatgina yozma shakl inobatga olinishi kerak.
Yangi tahrirdagi izohli lugʻatda ham ayni ta’kid saqlangan: matn (rabcha – yelka;
nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst)
1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat.
2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi.
Avvalo, aytish lozimki, kishilar oʻrtasidagi aloqa-kommunikatsiya matnlar
vositasida
amalga oshar ekan, matnni faqat yozma shakl bilan chegaralash
shakllanib ulgurgan mavjud matn nazariyasi qoidalariga zid boʻlishi turgan gap.
Axir, kishilar oʻrtasidagi har qanday kommunikatsiya faqat va faqat yozma
shaklda amalga oshishini tasavvur etib boʻlmaydi. Sintaksisning asosiy birligi gap
ekanligi hamisha e’tirof etilgan, matn yoki uning birliklari gapdan yirik, oliy
sintaktik-kommunikativ
birliklar
hisoblanishi
lozimligi
bugungi
matn
lingvistikasining asosiy qoidalaridan biriga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, faqat
yozuvda
aks etgan gapnigina gap deb, ogʻzaki nutqdagi gapni gap boʻlolmaydi
deyish toʻgʻri boʻlmasligini isbotlab oʻtirishning hojati yoʻq, albatta. Agar faqat
yozuvda ifodalangan yaxlit nutqnigina matn deyiladigan boʻlsa, mantiq gapni ham
faqat yozuvdagisinigina tan olish kerakligini taqozo etadi. Ammo buning mumkin
emasligi tabiiy. Toʻgʻri, ogʻzaki nutqning soʻzlangan paytidagina mavjud
ekanligini, yozma nutqning esa zamon nuqtai nazaridan chegaralanmaganligini
hech kim inkor etmaydi, ammo bu ogʻzaki
nutqni eslash, xotirada saqlash,
umuman, uni yoki uning muayyan parchalarini tiklash ilojsiz degani emas. Yaxlit
ogʻzaki nutq faqat yozma shaklga olingandagina matn yuzaga keladi tarzidagi
hukm daryoda oqib turgan suv suv emas, balki bu “modda” faqat shishaga
solingandagina suv paydo boʻladi degandek bir gapdir.
Bugungi kun
tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunilik) va matn
tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy obyekti sifatida talqin qilinadi.
Matnni tadqiq etishda uni soʻz birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning
ham oʻz kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov bu
haqda shunday yozadi: “Matn soʻzining lugʻaviy ma’nosida birikish, bogʻlanish
tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi oʻzaro qaysidir
bogʻlovchilar yordamida birikishini oʻrganish “Matn tilshunosligi”
sohasining
asosiy muammolaridan biri boʻlib qoldi.” Mazkur ishda muallif “matn” atamasini
“nutq”, “kontekst” kabi boshqa lingvistik atamalardan farqiash lozimligini
ta’kidlaydi. Bundan tashqari dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga
bagʻishlangan ishlarning koʻpchiligida “diskurs” termini ham bot-bot qoʻllanadi.
Bu termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psixologiya kabi fan
sohalarida keng ishlatilib
kelinayotgan boʻlsa-da, matn lingvistikasining oʻzida ham yagona, koʻpchilik
tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yoʻq, xilma-xil farqli tushunchalar
ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab “diskurs” va “matn” terminlari ayni bir
tushuncha uchun qoʻllangan boʻlsa, keyinroq “matn”
yozma kommunikatsiyaga
nisbatan, “diskurs” esa ogʻzaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan. Bu
soʻzning ma’nosi fransuzcha discours – “nutq”, “soʻzlash” demakdir. Xulosa qilib
aytganda, matn til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi boʻlib, gaplar ketma-
ketligining bogʻlanishlilik asosida ogʻzaki va yozma shaklda yuzaga keladigan
struktural, semantik va kommunikativ jihatdan yaxlit bir butunligidir.