• Savol va topshiriqlar
  • 2-mavzu: Matnning ta’rifi. Matnni tashkil etuvchi birliklar Reja: Matn nima? Matn birliklari Matnning tarkibiy qismlari. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana03.10.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #273297
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-mavzu Matnning ta’rifi. Matnni tashkil etuvchi birliklar

    Matnning semantik yaxlitligi
    mavjud voqelikdagi bogʻlanish va 
    bogʻliqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, 
    inson
    , uning tashqi koʻrinishi va 
    ichki dunyosi, jonsiz 
    tabiat 
    ob’ektlari va boshqalar)ni aks ettiradi. Nutq 
    predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik oʻzagi, 
    uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir. “Matn mazmuni” 
    tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bogʻliq jarayon boʻlib, 
    faqat matnga xosdir. U oʻquvchiga hodisalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni, ularning 
    barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor 
    qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi. Katta matnda yetakchi mavzu bir qator 
    kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa oʻz navbatida paragraflar (mikro-


    mavzular)ga boʻlinadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrning toʻliqligi matnning 
    semantik yaxlitligi bilan bogʻliq boʻlib, toʻliq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga 
    ega matn mazmunni toʻliq aks ettiruvchi 
    sarlavhani 
    tanlash orqali amalga 
    oshiriladi. Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari 
    kelib chiqadi: 

    Matn- bu maʼlum bir mavzudagi bayonot; 

    Matn soʻzlovchining niyatini, asosiy gʻoyasini ifodalab beradi; 

    Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (toʻliq) bayonotdir; 

    Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bogʻlangan boʻladi; 

    Matn uchun uning mazmuniga mos 
    sarlavha 
    tanlash mumkin; 

    Toʻliq matn odatda boshlanish va yakunga ega boʻladi. 
    Savol va topshiriqlar: 
    1. Matn(tekst)soʻziga lugʻatlarda qanday ta’riflar berilgan? 
    2. Tilshunos M.X.Hakimov matnni qanday ta’riflaydi?
    4.
    “Matn tilshunosligi”nima? 
    5.
    I.R.Galperin gapni matn birligi boʻla olmasligi haqidagi fikriga 
    munosabat bildiring.
    6.
    Matn birliklarini sanang. 
    7.
    Quyida berilgan parchadan mikromatnni bogʻlovchi vositalarni 
    toping. 
    Mastura! Uning qoʻllariday mayin, iliq, mehribon qoʻllar bormi olamda? 
    Uning barmoqlariday nozik, kishining boshini silaganda qalbini nurga toʻldirib, 
    dilini ravshan qiladigan barmoqlar bormikin dunyoda? Odatda opa-singil, aka-
    ukalar uncha inoq boʻlavermaydilar, biroq Mashrab esini taniydiki, qulogʻida 
    Masturaning mehribon, muloyim ovozi yangraydi. Ilgari, Mastura turmushga 
    chiqmasdan burun, Gulsum opa yoki A’zam akaning tazyiqi oʻtgan mahallarda 
    yoki biror gunoh qilib qoʻyib kaltak yeyish xavfi tugʻilgan paytlarda, Mastura 
    bilan Mashrab birga bekinishar, gʻazab va kaltakni birga baham koʻrishardi. 
    Masturaning sevgisi, chidami, hijron dogʻlari uning oʻziday pok, chiroyli
    samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik toʻgʻrisidagi kitoblarni 
    oʻqisa, yo erkaklar ogʻzidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga 


    hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon koʻtaradi, bunday gaplarning 
    birontasiga ishonmaydi. (O.Yoqubov
    )
    8.
    Abzas-matnning birligi sifatida qanday qismlardan tashkil topadi yoki 
    qanday bosqichlarda shakllantirilari? 
    9.
    Quyidagi matnning birliklarini tahlil qiling: Nechta abzas, gap, 
    soʻzlardan tuzilgan? 

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu: Matnning ta’rifi. Matnni tashkil etuvchi birliklar Reja: Matn nima? Matn birliklari Matnning tarkibiy qismlari. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish