butunlik – frazadan katta butunlik matnning birligi boʻla oladi. Frazadan katta
butunlikning tarkibiy qismi boʻlgan gap bir paytning oʻzida matnning ham birligi
boʻla olmasligini aytadi. Koʻpchilik tilshunoslar
esa gapni matnning asosiy
shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy
tarkibini, bu mazmunning ob’yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, toʻgʻri
anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga koʻra gapning matn
sistemasidagi oʻrnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib
boʻlmaydi.
Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas
matn birligi sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni
matnning asosiy birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga
kiritib boʻlmaydi. Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos boʻlgan hodisa.
Tilshunos A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. “Abzas” yangi
fikrlar qatorining koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir
necha gap yoki hatto bir
gapni alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi,
bunday ajratish muallif tomonidan oʻz maqsadiga bogʻliq tarzda amalga oshiriladi.
Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R.Galperin ham abzas xuddi
tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab
koʻrsatish uchun xizmat qiladigan vosita, kompozitsion –
grafik usul ekanligini
asoslagan. Lekin abzaslar yozma nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun ihoyatda
zarur vosita hisoblanadi. Abzaslar bir soʻzdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan
tuzilishi mumkin. Abzasning tashkillanishini yozuvchilar oʻzlarining badiiy
niyatiga koʻra mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi.
Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3 bosqichdan iborat boʻladi: 1-
bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi boʻlgan mavzu haqidagi
dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning toʻldirilishi (dastlabki
xabar
toʻldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) 3-bosqich esa xabarning xulosalanishi (xabar
yakunlanadi, natija aytiladi) hisoblanadi. Shuningdek, abzasdagi oldingi xabar
bilan keyingi xabarni bogʻlovchi vositalar (bogʻlovchi vositalar abzasni oʻzidan
oldingi yoki keyingi abzasga bogʻlaydi) ham oʻsha butunlikning ajralmas
qismlaridan hisoblanadi. “Matn lingvistikasi” qoʻllanmasida abzasni tashkil etgan
gaplar oʻzaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik
(grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytitadi.
Shuningdek, abzaslarning strukturasiga koʻra
quyidagi korinishlari
mavjudligi sanab oʻtiladi:
1) Sodda gapdan iborai boʻlgan abzaslar;
2) qoʻshma gapdan iborat boʻladigan abzaslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat boʻlgan abzaslar;
4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat boʻlgan abzaslar;
5) Koʻchirma-oʻzga gapli abzaslar.
Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzaslarni ham
kiritish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan boʻlsak, gap va murakkab
sintaktik butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin, abzas esa subyektiv hodisa,
yozuvchilar mutlaqo erkin holda qoʻllashi mumkin boʻlgan kompozitsion-grafik
usuldir.
Matn hajm va mazmun bеlgisiga koʻra ikkiga boʻlinadi:
1. Hajmiga koʻra matn tiplari.
2. Ifoda mazmuniga koʻra matn tiplari.
Hajmiga koʻra matn tiplari. Matn gapdan koʻra
yirik hajmli aloqa vositasi,
nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq
koʻrinishidir. Matnni hajm bеlgisiga koʻra ikkiga ajratamiz: Minimal matn va
maksimal matn.
XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so‘z, so‘z birikmasi
va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar.
Bunday yirik til birliklari
qatoriga sintaktik butunlik, abzats (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi.
Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta’rif berilmoqda.
Bunday turlicha ta’riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog‘langan gap yoki
gaplar yig‘indisi degan ma’no yotadi. Matn tilning eng katta birligi sanaladi.
Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq
boshlangan edi. Bu o‘rinda A.M.Peshkovskiyning