|
Xarajatlar smetasini tasdiqlash
|
bet | 24/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovXarajatlar smetasini tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tasdiqlanganidan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tashkilotlarga ularning umumlashtirilgan smetalari bo‘yi- cha choraklar kesimidagi taqsimotini, shuningdek, ish haqiga, ish beruvchilarning ajratmalariga, kapital qo‘yilmalarga va boshqa xarajatlar summasiga budjetda belgilangan eng yuqori miqdorlarini ajratib ko‘rsatgan holda xabar beradilar.
Shahar moliya bo‘limlari, bundan tashqari, shaharga bo‘y- sunadigan tuman hokimiyatlarining bo‘limlariga, yuqorida ko‘rsa- tilgan xarajatlarai Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi tomo- nidan tasdiqlangan ularning budjetlari hajmlari doirasida ajratib ko‘rsatib, xabar qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hoki- miyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari o‘z tasarruflarida bo‘lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar.
Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning bosh- qarmalari va bo‘limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo‘yicha yillik mablag‘lar miqdorlarini budjet bo‘yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar. Bunda, tegishli tuzatishlar o‘zlarida qola- digan nusxalarga kiritiladi.
Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning bosh- qarmalari va bo‘limlari belgilangan yillik budjetning choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari budjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek, ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi budjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo‘yicha bo‘lishlari kerak.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalarida tasdiqlangan xarajatlarni yillik va choraklik (oylik) summalari, tashkilotlar tomonidan taq- dim etilgan xarajatlar smetalarining ikkinchi nusxasiga o‘tkaziladi.
Xarajatlar smetasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining, Qorqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari ken- gashlari sessiyalarining budjet haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) va tegishli budjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo‘yicha bo‘lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o‘zida xarajatlar smetasi bo‘yicha umumiy summasini yuqori o‘ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining umumiy summasini ajratib ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Xarajatlar smetalarida budjet mablag‘larini yil choraklari (oylari) bo‘yicha taqsimoti tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so‘ng choraklar (oylar) kesimi- dagi xarajatlarni yillik umumlashmasi budjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga (oylarga) bo‘lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.
Umumiy smetalar tasdiqlangandan so‘ng markazlashgan buxgal- teriyalar bu smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan tashkilotlarga quyidagilarni xabar qiladilar:
shtatlar va tashkilot xodimlarining ish haqi stavkalari haqi- dagi ma’lumotlar;
tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yil- da ajratiladigan yoqilg‘i miqdori, elektroenergiya va suv bo‘yicha natural ko‘rsatkichlar;
Budjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inven- tarlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda belgi- langan tashkilotlarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va shakllari ro‘yxati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan umumlashtirilgan xarajatlarni va alohida xara- jatlar smetalarini tasdiqlangan budjetga, shuningdek, budjetni tuzish bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq kelishi tekshirib ko‘riladi.
E’tirozlar bo‘lmagan taqdirda, moliya organi xarajatlar umum- lashmasining birinchi betida «Kelishilgan» degan belgi qo‘yadi va muhr bilan tasdiqlagan holda xarajatlar umumlashmasining bir nusxasini tegishli vazirlik, idora, hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlariga qaytaradi.
Agarda xarajatlar umumlashmasi bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respub- likasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari rahbarlaridan xarajatlar umumlashmasi va tegishincha alohida tashkilotlarning xarajatlar smetalariga tegishli tuzatishlar kiritishni yozma talab qiladilar.
Alohida va umumiy xarajatlar smetalarining bir nusxasi vazir- liklar, idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘lim- larida qat’iy hisob hujjatlari tariqasida saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tekshirilgan umumlashtirilgan xarajatlar smetalari asosida, budjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan choraklarga (oylarga) bo‘lingan tegishli budjet xarajatlari yillik yoyilmasini tuzadilar.
|
| |