|
Xarajatlar smetasini tuzish
|
bet | 22/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovXarajatlar smetasini tuzish
Xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasini va hisob- kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda, shuningdek, Budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari 2010-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining M 92-sonli buyrug‘i hamda 2010-yil 19-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining M 2157-sonli xatlari asosida ishlab chilgan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Nizomi asosida muvofiq shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Smetaga qilinayotgan ilova, xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetasining prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
40
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari bo‘yicha xarajatlar smetasi erkin almashtiriladigan valuta va so‘mda xarajatlar guruhlari bo‘yicha, boshqa xarajat- larning to‘liq yoyilmasi va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda rasmiylashtiriladi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respub- likasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to‘g‘risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradilar.
Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli tashkilotlarning rah- barlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l- yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradilar, budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzish hamda blanklarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar.
Bir vaqtning o‘zida ular o‘zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar.
Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mab- lag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshi- rishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart.
Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimi- yatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga;
Budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me’yorlariga;
Tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga;
Xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar qonunchilik bilan belgilangan maoshlari hamda ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va me’yor- larga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay usul bilan baja- riladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, qonunchilikda belgilangan ish haqi stavkalaridan va o‘quv reja- siga muvofiq, daftar tekshirish, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda tuzilgan tarifi- katsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, ish haqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarning stipendiya xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonun- 42
chilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajat- laridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflari- dan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) so‘zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo‘yicha xizmatlar va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organ- lari bilan kelishilgan holda o‘zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib ko‘zda tutiladi;
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining o‘rtacha yillik sonidan va natural me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi;
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar qonunchilikda belgilan- gan pul xarajatlari me’yoriga qarab: statsionarlarda - har bir joy- kunga, shifoxonalarda - shifokorga har bir kirishga belgilanadi;
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim- kechak, poyafzal, choyshab, yotish anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta’minotning me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi;
suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
inspeksiya va qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar to‘lo- vi xarajatlari tashkilotlar va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq aniqlanadi;
tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek, boshqa davlat mulklari ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek, bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniq- lashda boshqa ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo‘yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;
fuqorolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat
boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘larni taqsim qiluvchilar bo‘lib hisoblanadilar.
Jamlanma xarajatlar smetasi xizmat ko‘rsatiladigan tashkilot- larning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markaz-
44 lashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvo- fiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan rasmiylashtiriladi.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgi- langan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha, xarajatlarning guruhlari bo‘yicha va ilovalarni hamda smetalarga qilingan hisob- kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko‘rsatkichlar;
sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi;
qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo‘yicha ishlar hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi;
bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi;
Budjetdan mablag‘lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-kitoblar.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishti- rokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smeta- sini tuzishda hisobga oladi.
Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi uch nusxada tuzib, tashki- lotning rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqiga ega shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqiga ega shaxs), shuningdek, moliya-iqtisod bo‘limi bosh- lig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalari bo‘yi- cha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartib- da moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng birinchi
45
nusxasi - tashkilotda qoladi; ikkinchi nusxasi - tegishli moliya orga- niga taqdim qilinadi; uchinchi nusxasi - yuqori tashkilotga taqdim qilinadi (zarur hollarda).
Tegishli moliya organlari xarajatlar smetasini chuqurroq o‘rga- nish maqsadida tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida ularning qo‘shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli.
Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsati- ladigan tashkilotlarning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markaz- lashtirilgan buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisod- chilari ishtirokida rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va- zirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha ularning o‘zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari tashki- lotning markazlashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar smetasini rasmiylashtiriladilar. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqal- pog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo‘yicha qo‘riqlash xizmatini to‘lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot- kompyuter tizimiga xizmat ko‘rsatish, seminarlar o‘tkazish va boshqalar) bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har bir to‘lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo‘yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo‘lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo‘yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, idoralar hamda tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo‘limlari tomo- nidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to‘lash shartlari va faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash tashkilotlarda mavjud bo‘lgan xarajatlarining o‘rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan holda rasmiylashtiriladi.
Bunda yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyatining boshlanishi mo‘jallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
46
|
| |