|
Buxgalteriya hisobining bosh-jurnal shakli
|
bet | 18/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBuxgalteriya hisobining bosh-jurnal shakli
Bosh-jurnal shakli qo‘llanilganda, buxgalteriya hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi. Bu tartibni yuqori tashkilotning bosh hisobchisi belgilaydi. Bunda quyidagi kitoblar qo‘llaniladi: «Bosh-jurnal» kitobi, g‘azna kitobi, mehnat haqi to‘lashga tarqa- tuvchilarga berilgan pullar kitobi, joriy hisobvaraqlar va hisob- kitoblarni hisobga olish kitobi, deponet qilingan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik hisobini olib borish kitobi, moddiy qiymatliklarni miqdor-summali hisobini olib borish kitobi, quyi tashkilotlarni moliyalashtirish bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, maxsus mablag‘larni hisobga olish kitobi. Bosh-jurnal kitobi sintetik hisob uchun, hamma qolganlari esa analitik hisob uchun tayinlangan.
30
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi hisob va hisobot tizimini yaxshilash, avvalo, hisobni markaz- lashtirish va ma’lumotlarai ishlashning elektron tizimini qo‘llash hisoblanadi.
§. BOSH HISOBCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Bosh hisobehining asosiy vazifalari
Buxgalteriya bo‘limining boshlig‘i bu lavozimiga budjet tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod etiladi.
Budjet tashkiloti buxgalteriya bo‘limi bosh hisobchisining asosiy vazifalarini sanab o‘tamiz:
Bosh hisobchi vazifasiga tayin etilganda ishni qabul qilish yoki ozod etilganda ishni topshirish hujjat (akt) bilan rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i bevosita budjet tashkiloti direktori va uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Bosh hisobchi budjet tashkiloti tizimida, moddiy, mehnat va moliya- viy zaxiralardan samarali foydalanish, davlat mulkini ehtiyot qilish maqsadida hisob-kitob ishlarini tashkil etadi, hisobga olish va hisobot ishlarini yo‘lga qo‘yishga metodik rahbarlik qiladi, hisoblash texnikasi, hisobga olishning istiqbolli shakl va usullarini qo‘llaydi, hisobchi xodimlarning kasb mahorati va ijodiy faoliyatini ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, amaliy nazorat va ishda tezkorlikni ta’minlaydi. Shuningdek, mablag‘ va boylik bilan bog‘liq moddiy ma’suliyatli vazifalarni bajarishga ruxsat etilmaydi, ya’ni bevosita cheklar va boshqa hujjatlar bilan pul yoki mollarni olish taqiqlanadi;
Budjet tashkilotida buxgalterlik va hisob-kitob ishlariga metodik rahbarlik qiladi hamda istiqbolli ish shakllari va usullarini tadbiq etish bo‘yicha bo‘lim ish rejalarini va tadbirlarini ishlab chiqadi. Shu bilan birga mazkur hisob-kitob, hisobot ishlarini innovatsion texnologiyalar asosida avtomatlashtirish vositalaridan foydalanishni tashkil etadi;
Asosiy mulklar va moddiy boyliklarning ehtiyotlab saqlanishi va samarali foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Dastlabki hisob-
kitob hujjatlarining yagona uslubini joriy etish ishlarini nazorat qiladi;
Bo‘lim bo‘yicha yakuniy hisobotlarni tekshirib, ko‘rsatilgan vaqtlarda tegishli joylarga yetkazib berilishini ta’minlaydi.
|
| |