• Mustaqil ta’lim uchun savollar
  • §. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI
  • S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




    Download 1 Mb.
    bet15/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Tayanch iboralar:
    Hisobvaraqlar. Hisobvaraqlar rejasi. Aktiv hisobvaraq. Passiv hisob- varaq. Oy boshiga qoldiq. Oy oxiriga qoldiq. Debet. Kredit. Nomoliya- viy aktivlar. Moliyaviy aktivlar. Balansdan tashqari aktivlar. Tranzit hisobvaraq
    Mustaqil ta’lim uchun savollar

    1. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari to‘g‘risida tushuncha.

    2. Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida sintetik va analitik hisob- varaqlari deganda nimani tushunasiz?

    3. Hisobvaraq nima o‘zi?

    4. Sintetik hisobvaraq nima?

    5. Analitik hisobvaraq nima?

    6. Sintetik va analitik hisobvaraqlarning farqi nimada?

    7. Hisobvaraqlarning turkumlanishi deganda nimalarni tushunasiz?

    8. Buxgalteriya hisobi registrlari deganda nimalarni tushunasiz?

    1. §. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI

    1. Buxgalteriya hisobi registrlari to‘g‘risida tushuncha

    Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladi. Buxgalteriya hisobi- ning registrlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    • Hisobga olish jurnallari;

    • Mol-mulkni qayd etish qaydnomalari;

    • Hisob cheki va chek daftarlari;

    • Buxgalteriyada hisobga olish uchun tasdiqlangan blanklar;

    • Asosiy vositalarning harakatini qayd etish kartochkalari;

    • Kirim orderlari;

    • Chiqim orderlari;

    • Memorial orderlar.

    Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi Milliy an- dazalari asosida tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarini
    25
    belgilangan tartibdagi qoidalardan tashqari tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Budjet tashkilotlari muomala jarayonlarining har biri o‘zining tegishli registrlarida aloqida-alohida qayd etib borilishiga ko‘ra analitik va sintetik hisobvaraqlar shaklida rasmiylashtiriladi.
    Bosh kitob - sintetik hisob registri hisoblanadi. Mazkur registrda boshlang‘ich hisobvaraqlardagi muomalalarning qiymatlari jami summasi aniqlanib, bosh kitobga faqat bosh hisobchi tomonidan ko‘chirib yoziladi.
    Hisob-kitoblar daftari, g‘azna va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari, asosiy hisobga olish kartochka(shakl)lari analitik hisob registri hisoblanadi.
    Analitik registrlar atamasi - bir muomala (ish va xizmatlar) bajarilganligini qayd etilishi uchun ishlab chiqilgan hisobvaraq (hujjat)dir.
    Sintetik registrlar atamasi - analitik ishlarning bir turiga mos barcha muomalalar qiymatining yig‘indisini aks ettiruvchi hisob- varaqdir.
    Boshqa tashkilotlarda bo‘lgani kabi, budjet tashkilotlarida ham barcha ish yuritish jurnallari, bosh kitob va boshqa registrlar belgi- langan tartibda himoyalanadi. Ya’ni:

    • registrlar tartib (1, 2, 3 ..., n) bilan har bir varaqlari sahifalanadi;

    • tikiladi (tikilish registr (daftar)ning umumiy ko‘rinishini buzmagan holda, daftar orqa qismiga mahkamlanib tugiladi va kichik qog‘oz bilan yelimlanib muhr, sahifa jamisi, sanasi, budjet tashkiloti rahbari imzo va muhri bilan to‘ldiriladi).

    • saqlanadi (seyfda, quruq holatda, alohida ishlash xonasida, muddati o‘tkanlari esa arxivda).


    1. Download 1 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




    Download 1 Mb.