• Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
  • Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining predmeti, maqsadi va vazifalari




    Download 1 Mb.
    bet4/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining predmeti, maqsadi va vazifalari

    Budjet tashkilotida buxgalteriya hisobining predmeti- bu budjet mablag‘lari evaziga berilgan smeta xarajatlarining to‘g‘ri sarflanishi, o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini amalga oshirish va buxgalteriya tamoyillari, belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida uzluksiz nazoratni amalga oshirish, pirovardida hisobotlar tayyorlanishi hamda taqdim etilishini o‘rganishdan iborat.
    Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi hisob-ki- tob ishlarini davlat tomonidan chiqarilgan tartib qoidalar doirasida bajarilgan ishni to‘g‘ri tashkil etish va foydalanuvchilarni o‘z vaqtida aniq buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlashdan iboratdir.
    Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi bo‘lib buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida rashmiylashtiriladigan ma’lu- motlarni to‘g‘ri va aniq aks ettirish, ularni pulda ifodalash, smeta ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, qonun ustuvorligini buxgalteriya hisobi hujjatlarida ko‘rsata bilish, buxgalteriya hisobvaraqlarida keltirilgan ma’lumotlaraing haqqoniyligini ta’minlab, pirovard natijada hisobotlar yozish tushuniladi.

    1. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari

    Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi'.

    • Hisob siyosati

    • Hisoblab yozish tamoyili

    • Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish

    • Davomiylik

    • Xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish

    • Ishonchlilik

    • Ehtiyotkorlik

    • Mazmunning shakldan ustunligi

    • Ko'rsatkichlarning qiyosiyligi

    • Moliyaviy hisobotning xolisligi

    • Aktivlar va majburiyatlammg haqiqiy bahosi

    • Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi

    • Tushunarlilik

    • Ahamiyatlilik

    • Muhimlik

    • To‘g‘ri va beg'araz tasavvur

    • Tugallik

    • Izchillik

    • Zamonaviylik

    • Xolislik

    Hisob siyosati- tashkilotning hisob siyosati 1-sonli BHMAda ketirilgan tamoyillar asosida belgilanishi lozim.
    Hisoblab yozish tamoyili- pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblab yozish tamoyili asosida rasmiylashtiriladi.
    Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq aktivlar, passivlar, o‘z sar- moyasi, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik muomalalari va voqealar buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag'lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to'langan paytda emas, balki shu hara- katlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi.
    Hisoblab yozish tamoyili asosida tayyorlangan moliyaviy hiso- botlar undan foydalanuvchilarga o‘tmishda pul to‘lab yoki pul mablag'larini olib amalga oshirilgan muomalalar to‘g‘risidagina emas, balki kelgusida pul to‘lanadigan majburiyatlar to‘g‘risida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilish chog‘ida juda zarur hisoblanadi.

    Download 1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining predmeti, maqsadi va vazifalari

    Download 1 Mb.