|
S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov
|
bet | 93/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBudjet tashkilotlarining choraklik buxgalteriya hisoboti. Budjet tashkilotlarining choraklik buxgalteriya hisoboti tarkibida quyida- gilar bo‘ladi:
Balans;
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
Debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar.
Budjet tashkilotlari tomonidan «Balans»ni (1-shakl) tuzishdan
oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvlarini boshlang‘ich hujjatlarga muvofiq holda to‘g‘ri tuzilganligi hamda «Bosh-jurnal» kitobiga (308-shakl) to‘g‘ri yozilganligi, analitik hisobvaraqlar bo‘yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal» kitobi bo‘yicha qoldiqlar to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. Hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal» kitobida chiqarilgan qoldiqlar balansning 4-ustuni «Yil (chorak) oxiriga» ko‘chirib yoziladi.
Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlar bo‘yicha debitorlar va kreditorlar umumlashtirilmasdan, ya’ni mavjud debitor qarzlar summalari balansning aktiv qismida, kreditor qarzlar summalari esa balansning passiv qismida ko‘rsa- tiladi. Bunda, ushbu debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risidagi ma’lu- motlar «Aylanma qaydnoma» (285-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlaridan olinadi.
«Balans»ning (1-shakl) 3-ustun «:Yil boshiga» ko‘rsatkichlari o‘tgan hisobot yili balansining 4-ustun «Yil (chorak) oxiriga» ko‘rsatkichlariga aynan bir xil holda ko‘chiriladi.
210
«Balansdan tashqari hisoblar»da budjet tashkilotlarining ba- lansdan tashqari «Ijaraga olingan asosiy vositalar» (01), «To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning hisobdan chiqarilgan qarzlari» (05) va boshqa tegishli balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan summalar ko‘rsatiladi.
«Balans» (1-shakl) budjet tashkilotlari tomonidan har cho- rakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar top- shiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 3-sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvo- fiq, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida muomalalarni amalga oshiruvchi budjet tashkilotlari uchun Moliya vazirligi tomonidan hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari belgilanadi.
2-shakl
|
| |