|
§. budjet tashkilotlarining hisoboti
|
bet | 90/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. budjet tashkilotlarining hisoboti
Buxgalteriya hisobotlarini tuzish qoidalari va budjet tashkilotlari hisobotining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlari va balanslari to‘g‘risidagi qoida bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida turuvchi tashkilotlar, shuningdek, vazirliklar, idoralar, hokimliklarning boshqarma(bo‘lim)lari, shahar- larning va tumanlarning markaziy shifoxonalari hamda boshqa budjet mablag‘larini oluvchilar qoshidagi markazlashtirilgan buxgal-
teriyalar tomonidan buxgalteriya hisobotlari va balanslarini tuzish tartibi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida turuvchi tashkilot- larning buxgalteriya hisobotiga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Res- publikasi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinadi. Tashkilotlar xarajatlar smetalarining ijrosi haqidagi buxgalteriya hisobotining namunaviy va maxsus shakllari hamda bu hisobot shakllarai to‘ldirish tartibi haqidagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kapital qo‘yilmalar va ularni moliyalashtirish manbalari tash- kilotlarning balansida hisobga olinadi.
Tashkilot va buxgalteriya xizmati rahbarlari, markazlashtirilgan buxgalteriyalarning bosh hisobchilari buxgalteriya hisobi va hiso- boti ustidan rahbarlik qiladi, ularning to‘laligi va haqiqiyligi uchun javobgardirlar hamda o‘z tizimidagi tashkilotlar xarajatlar smetalarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Respublika budjetida turuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respub- likasi Moliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan belgilangan muddatlarda va manzillarga oylik, chorak va yillik buxgalteriya hisobotlarini, chorak va yillik hisobotlariga balanslarni ham ilova qilib, taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlarida turuvchi tashkilotlar tegishli vazirliklar va idoralar, hokimliklarning boshqarma (bo‘lim)lari belgilagan mud- datlarda ularga oylik, chorak va yillik buxgalteriya hisobotlarini, cho- rak va yillik hisobotlarga balanslarni ham ilova qilib, taqdim etadi.
Respublika budjetida turuvchi tashkilotlar o‘zlari bo‘ysunuvchi yuqori tashkilotlarga ular belgilagan muddatlarda hisobot taqdim etadi.
Budjet yili davomida moliyalashtirilishi bir budjetdan bosh- qasiga berilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga berilgan tashkilotlar berilish sanasiga buxgalteriya hisobotini (yillik hisobot shakllari hajmida) tuzadi va uni avval bo‘ysunilgan yuqori organga hamda yangi bo‘ysunish bo‘yicha yuqori organga taqdim etadi. Keyinchalik hisobotni faqat yangi bo‘ysunishi bo‘yicha taqdim etiladi.
202
Tashkilotlar uchun hisobot va balanslarning taqdim etilgan sana- si ular haqiqatda taqdim etilgan sana deb hisoblanadi. Hisobot- larni taqdim etish uchun belgilangan muddat ishlamaydigan kun- ga to‘g‘ri kelsa, hisobot ishlamaydigan kungacha bo‘lgan oxirgi ish kunida taqdim etiladi. Ongli ravishda noto‘g‘ri hisobot ma’lu- motlarini taqdim etganlik uchun va muntazam ravishda belgilan- magan shakllar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etganlik uchun tash- kilotlarning tegishli mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Bo‘ysunishi bo‘yicha yuqori tashkilotga topshiriladigan hisobot va balanslar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisob- chisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada hisobot va balanslar qoshida markazlashtirilgan buxgalteriya tash- kil etilgan boshqaruv organining yoki tashkilotning rahbari va markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Shoxobchalar, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha ko‘rsat- kichlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlar reja-moliya xizmat- larining rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Yuqori tashkilotlar o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning hisobot va balanslarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning faoliyatini yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi.
Mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar, hokimliklarning boshqarma(bo‘lim)lari, boshqa budjet mablag‘larini oluvchilar o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning oylik, chorak, yillik hisobotlarini va tegishli balanslarini ular kelib tush- gan kundan e’tiboran 5 kunlik muddatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, buning ustiga ular bo‘yicha qarorlarni shu muddatlarda tegishli tashkilotlarga xabar qilishi kerak.
|
| |