|
Mustaqil ta’lim uchun savollar
|
bet | 88/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovMustaqil ta’lim uchun savollar
Inventarlashning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Moddiy yiliga necha marta inventarlash qilinadi?
Asosiy vositalarga necha yilda inventarlash qilinadi?
Kutubxona fondlari necha yilda inventarlash qilinadi?
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklar va qat’iy hisobotdagi blanklar qachon inventarlash qilinadi?
bob. HISOBVARAQLARGA YAKUNIY XULOSALAR
VA ULARNING YOPILISHI YUZASIDAN
buxgalteriya hisobotlari
§. JORIY HISOB HISOBVARAQLARIGA XULOSA
lLLLBudjet tashkiloti hisobvaraqlarining yillik yakunlanishi
Balansning barcha hisobvaraqlari bo‘yicha buxgalteriya ma’lu- motlarining realligi aniqlanganidan so‘ng hisobvaraqlar yakunlanadi va yillik hisobot tuzishga kirishiladi. Budjet tashkilotlari yil tugagandan so‘ng xarajatlar smetalarining ijrosi bo‘yicha yakuniy muomalalarni amalga oshiradi. Balans hisobvaraqlarining yillik yakunlanishi budjet bo‘yicha smetalar va maxsus mablag‘lar bo‘yicha smetalarning ijrosi jarayonida yil davomida amalga oshirilgan barcha xarajatlar hamda kapital qurilishga qilingan xarajatlar ular amalga oshirilgan manbalar hisobidan hisobdan chiqarilishidan iboratdir. Hisobvaraqlar yakunlanganda budjet mablag‘larining foydalanilmagan barcha qoldiqlari berkitiladi. Buning uchun dekabr oyida amalga oshirilgan barcha muomalalar bo‘yicha tuzilgan memorial-orderlar bosh jurnalda qayd qilinadi hamda dekabr oyi bo‘yicha aylanma summalari aniqlanadi va yakunlovchi muomalalargacha bo‘lgan keyingi yilning birinchi yanvariga hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar asosida dastlabki balans rasmiylashtiriladi. Dastlabki balansda xarajatlar hisobvaraqlari bo‘yicha yil davomidagi aylanma summalar aniqlangan bo‘ladi. Endi xarajatlar hisobvaraqlarini tegishli moliyalashtirishlar va daromadlar hisobidan berkitilishi kerak bo‘ladi.
Budjetdan moliyalashtirish hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni hamda maxsus mablag‘lar hisobidan haqiqiy xarajatlarai hisobdan chiqarish asosiy yakunlovchi muomalalar hisoblanadi. Bunda, yanvar oyida to‘lanadigan dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun hisoblangan mehnat haqidan tashqari, xarajatlarning barcha summasi hisobdan chiqariladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tashkilotiga bolalarning haqiqat- da borgan kunlari uchun hisoblangan summalar hamda yetti yillik musiqa maktabiga bolalarning haqiqatda borgan kunlari uchun hisoblangan summalar yil davomida 242-«Bolalar muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari» hisobvarag‘ida hisobga olinadi va yilning oxirida bu summalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tashkiloti hamda yetti yillik musiqa maktabi qaysi kredit- larni boshqaruvchilarning tashkiloti tarkibida bo‘lsa, o‘sha tashki- lotni yuritishga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha qilingan xarajatlar kamayishiga o‘tkazilishi kerak.
Yil oxirida yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalar tashkiloti hamda yetti yillik musiqa maktabini yuritishga ota- onalardan yig‘ilgan mablag‘lar summasiga quyidagi yakuniy buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi.
Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha xarajatlarning, mazkur tashkilot qoshidagi maktabgacha yoshdagi bolalar tashkiloti hamda yetti yillik musiqa maktabini saqlashga ota-onalardan yil davomida yig‘ilgan mablag‘lar summasi chegi- rilgandan so‘ng qolgan xarajatlar summasi hisobdan chiqarilganda:
kreditlarni bosh boshqaruvchilarning o‘z tashkilotini yuri- tishga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha qilingan xarajatlar hisobdan chiqarilganida kreditlarni bosh boshqaruvchilarda quyi- dagi buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi:
debet 232-«Budjetdan moliyalashtirish» hisobvarag‘i,
kredit 231-«Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar» hisobvarag‘i
kreditlarni quyi boshqaruvchilarning o‘z tashkilotini yuri- tishga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha qilingan xarajatlar hisobdan chiqarilganida kreditlarni quyi boshqaruvchilarida quyi- dagi buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi:
debet 232-«Budjetdan moliyalashtirish» hisobvarag‘i
kredit 231-«Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar» hisobvarag‘i.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan obyektlar bo‘yicha qilingan xarajatlar yil davomida 071 - «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida hisobda turadi va yil oxirida bu xarajatlar tegishli moliyalashtirish hisobidan hisobdan chiqarilishi kerak.
Bitkazilmagan va bitkazilgan, lekin foydalanishga topshirilma- gan, qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar 071 - «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida qoldiq sifatida keyingi yil balansiga o‘tkaziladi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari bo‘yicha budjetdan moliyalashtirish hisobidan qilingan xarajatlar hisobdan chiqarilganida:
agar kapital qurilish xarajatlari kreditlarni bosh boshqaruvchi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda kreditlarni bosh bosh- qaruvchilarda quyidagi buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi:
debet 232-«Budjetdan moliyalashtirish» hisobvarag‘i
kredit 071-«:Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘i.
Agar kapital qurilish xarajatlari kreditlarni quyi boshqaruvchilar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda:
Kreditlarni bosh boshqaruvchilar 232 - «Budjetdan moliyalash- tirish» hisobvarag‘ida o‘zining kapital qurilish obyektlari xarajat- lari uchun hamda tasarrufidagi tashkilotlarning kapital qurilish obyektlari xarajatlari uchun olingan budjetdan moliyalashtirish summalarini hisobga oladi. Shu munosabat bilan kreditlarni bosh boshqaruvchilarda tasarrufdagi kreditlarni quyi boshqaruv- chilarning yillik hisobotiga asosan ularning bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari bo‘yicha budjetdan moliyalashtirish hisobidan qilingan barcha xarajatlarini 232 - «Budjetdan moliyalashtirish» hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish uchun yakuniy operatsiya rasmiylashtiriladi.
Yil davomida maxsus mablag‘lar hisobidan qilingan xarajatlar yil oxirida hisobdan chiqarilganida ularning umumiy summasiga, kreditlarni bosh boshqaruvchilarda ham, kreditlarni quyi boshqa- ruvchilarda ham, quyidagicha buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi:
198
debet 262-«Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar» hisobvarag‘i
kredit 271 - «Maxsus mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar» hisob- varag‘i.
Moliyalashtirish hisobvaraqlari tashkilotdagi materiallar va oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiq summasiga, hali olinmagan moddiy qiymatliklar va qabul qilinmagan bajarilayotgan ishlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar va boshqa debitor qarzlar summasiga yil oxirida berkilmay qolishi mumkin. Bu summalar molrshlashtirish hisobvaraqlaridagi qoldiq sifatida keyingi yilga o‘tadi.
Xarajatlarni hisobdan chiqarish natijasida keyingi yilning birinchi yanvariga qoldiq sifatida 231 - «Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar» hisobvarag‘ida dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun hisoblangan mehnat haqi summasi hamda agar hisobot davridagi xarajatlar summasi kreditorlik qarzlari hisobidan moliyalashtirishdan yuqori bo‘lsa, moliyalashtirilmagan xarajatlar summasi qoladi, 071-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida esa bitkazilmagan va bitkazilgan, lekin foydalanishga topshirilmagan qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar summasi qoladi.
|
| |