|
Buxgalteriya hisobotlari va balanslarini taqdim etish va tasdiqlash tartibi
|
bet | 91/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBuxgalteriya hisobotlari va balanslarini taqdim etish va tasdiqlash tartibi
Buxgalteriya hisobotlari va balanslari tuzilganda:
a) hisobot davridagi barcha muomalalar va pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar va hisob-kitoblar, inventarlash natijalari to‘la qayd qilinishi ta’minlanishi kerak;
b) hisobot davrining birinchi sanasiga analitik hisobi ma’lu- motlarning aylanma va sintetik hisob hisobvaraqlari bo‘yicha qol- diqlari bir xilligi, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari va balanslari ma’lumotlarining sintetik va analitik hisoblari ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishi ta’minlanishi kerak. Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar buxgalteriya hisobida yozuvlar qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan asosiy shartlarga rioya qilinmasa, hisobot va balanslar noto‘g‘ri tuzilgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimlik- larning boshqarma(bo‘lim)lari va budjet mablag‘larining boshqa oluvchilari o‘zi tomonidan tekshirgan tasarrufidagi tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti va balanslari hamda o‘z muomalalari bo‘yicha hisobot asosida yig‘ma hisobot va balanslarni tuzadilar.
Budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot va balanslari ming so‘m - bir o‘nlik belgisi bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mamlakatning Moliya vazir- ligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha belgilangan mud- datlarda xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi oylik, chorak va yillik hisobotlarni mamlakatning Moliya vazirligiga, Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning moliya organlariga taqim etadi hamda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yagona balans tuzadi.
Budjet tashkilotlari xarajatlari smetalarining ijrosi va natijalarini nazorat qilish maqsadida barcha kreditlarni boshqaruvchilar xarajatlar smetalarining ijrosi haqida davriy (joriy) va yillik hisobot tuzadi. Hisobot analitik va sintetik hisoblarining tekshirilgan ma’lumotlari asosida rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlari kreditlarni yuqori boshqaruvchilarga belgi- langan muddatlarda hisobotlar topshiradi. Kreditlarni bosh boshqa- ruvchilar tasarrufidagi tashkilotlarning hisobotlari va o‘zlarining xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisoboti asosida, moliya organlari tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim etiladigan yig‘ma hisobotlarni tuzadi.
204
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining ijrosi haqidagi hisobot mazmuni va qaysi davrga tuzilganligiga qarab davriy (oylik va chorak) va yillik hisobotga, hisobotda ko‘rsatkichlari qayd qilingan tashkilotlarni qamrab olinganligiga qarab - individual va yig‘ma hisobotlarga bo‘linadi. Individual (birlamchi) hisobotlarda har bir budjet tashkilotining moliyaviy faoliyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hamda shoxobcha, shtat va kontingentlar bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi haqidagi ma’lumot aks ettiriladi. Yig‘ma hisobotlarda bo‘lim, boshqarma, idora yoki vazirlikning budjet tashkilotlari xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar beriladi. Ular individual hisobotlar asosida rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotlarining qaramog‘idagi xo‘jalik hisobidagi yor- damchi korxonalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tegishli tarmoqlardagi asosiy faoliyati uchun belgilangan shakllar bo‘yicha hisobotlar tuzadi.
Kreditlarni bosh boshqaruvchilar kreditlarni quyi boshqaruv- chilari va markazlashtirilgan buxgalteriyalarning hisobotlarini tekshirganda ularning to‘g‘ri tuzilganligi, shaklning ko‘rsatkich- lari to‘la to‘ldirilganligi, ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqlashtiril- ganligi va kelishilganligini, shuningdek, tasdiqlangan smetaga asosan mablag‘larni ishlatish yo‘nalishlari va maqsadga muvofiq amalga oshirilganligini ko‘rib chiqadi.
|
| |