Inventarlashga qo‘yilgan talablar




Download 1 Mb.
bet82/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Inventarlashga qo‘yilgan talablar

Budjet tashkilotida inventarlashni o‘tkazishga quyidagi talab- larini sanab o‘tamiz:
Inventarlashni o‘tkazishni boshlash va tugatish muddatlari.
Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda ro‘yxatlar seyfda saqlanishi.
Inventarlash ijrosi nazorat qilish daftarida ro‘yxatga olinishi.
Inventarlash moddiy javobgar shaxs ishtirokida o‘tkazilishi va h.k.
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiya- lari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komis- siyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi seyfda saqlanishi shart.
Buyruqlarni buxgalteriya inventarlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish daftarida ro‘yxatga oladi.
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovar- lar, pul mablag‘lari va boshqa boyliklarni inventarlash ularning har bir joylashgan yeri va ana shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning albatta ishtirok etishi bilan amalga oshirilishi lozim.
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi kerak.
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Qoplan- magan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob- kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ular- ning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar. Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida ro‘yxatlar rasmiylashtiriladi. Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha bir- lamchi hisob hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak.
Inventarlash ro‘yxatlari mexanik vositalarda yoki qo‘lda to‘ldi- rilishi mumkin.
Qo‘lda rasmiylashtiriladigan inventarlash ro‘yxatlari aniq-ravshan qilib to‘ldiriladi. Hech qanday o‘chirish va tuzatib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inventarlash ro‘yxatining har bir sahifasida so‘z bilan tovar- moddiy boyliklar tartib raqamlari soni va ushbu sahifada yozilgan barcha boyliklar miqdorining umumiy yakuni, bu boyliklar qanday o‘lchov birliklarida ko‘rsatilganidan qat’iy nazar, ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga to‘g‘ri yozuvlarni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar ta’kidlanishi va inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi kerak.
Inventarlash ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ro‘yxatlarning oxirgi varaqlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlashdan so‘ng inventarlash ro‘yxatlarida xatolarni aniqlagan taqdirda ular darhol (ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarlash komissiyasiga ma’lum qilishlari shart. Moddiy javob- gar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish, tovar-moddiy boyliklar nomidagi xato, o‘tkazib yuborish, yanglishish va hoka- zolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shu’ba ochilguniga qadar qabul qilinadi.
Ishchi inventarlash komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshi- rishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan taqdirda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
Budjet tashkilotlari rahbarlari tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularning kutilmaganda o‘tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular boyliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Bosh hisobchi tegishli bo‘linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarlash o‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
Tovar-moddiy boyliklarni inventarlash bilan bir vaqtda budjet tashkilotining buxgalteriyasi tegishli barcha hisobvaraqlar bo‘yicha yozuvlarni ikki yoqlama yozuvlanuvchi hisobvaraqlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olingan-olinmagani; tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha - barcha kelib tushgan boyliklar kirim qilingan-qilinmagani, chiqib ketganlari esa hisobdan o‘chirilgani va unda aks ettirilgani; tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha - barcha xarajatlar chiqarilgan mahsulotga hisobdan o‘chirilgan-o‘chirilmagani va hokazolar aniqlanishi zarur.
Inventarlashni rasmiylashtirish uchun mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlari shakllari qo‘llanishi lozim. Inventarlash tugaganidan so‘ng inven- tarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tka- zilishi mumkin. Ularni inventarlash komissiyalari a’zolari va
moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarlash o‘tka- zilgan ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish kerak.
Inventarlashlar to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish daftarida ro‘yxatga olinadi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Download 1 Mb.