|
Deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo‘yicha
|
bet | 79/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovDeponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo‘yicha
DAFTAR
441-son shakl
y uchun.
Budjet tashkilot nomi O‘lchov birligi: so‘m.
Ochilgan sanasi Yopilgan sanasi
Tabel
raqa-
mi
|
Familiyasi, ismi, otasi- ning ismi
|
Kredit (deponent hisobiga o‘tkazildi)
|
Debet - to‘landi
|
Oy
|
To‘lov
qayd-
noma
|
Sum-
ma
|
G‘azna
chiqim
orderi
|
c3
>
§
|
3
u
>
|
c3
B
|
3
S-H
&
|
&
B
|
Ph
|
3
_ >
|
M
OJJ
>
a
|
u
■s
3
CD
&0
|
oktabr |
|
U
■s
o
Ph
|
1-1
■s
|
i
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasining 179 «Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida xodimlar bilan qonunchilikka muvofiq boshqa turli masalalar bo‘yicha yuzaga kelgan hisob-kitoblar, shuningdek, xodimlarning ish haqidan ularning savdo budjet tashkilotlaridan kreditga olgan mollari uchun bergan topshiriq - majburiyatlari bo‘yicha ushlab qolingan summalar, omonat g‘aznalarga naqd pulsiz shaxsiy jamg‘armaga o‘tkazish haqidagi yozma arizalari asosida ushlangan summalar, ijtimoiy sug‘urta budjet tashkilotlari bilan tuzgan ixtiyoriy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini to‘lash haqidagi topshiriqnomalariga asosan ularning maoshlaridan ushlangan summalar, xodimlarning banklardan olgan ssudalariga doir muomalalar va boshqalar hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlaridagi xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob- kitoblar daftarida (kartochkasida) har bir xodim bo‘yicha alohida holda olib boriladi.
Bosliqa hisob-kitoblar
18 «Boshqa hisob-kitoblar» hisobvarag‘i 180 «Yuqori va quyi budjet tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘idan iborat bo‘lib, ushbu analitik hisobvaraqda yuqori mablag‘ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli bo‘lgan muassasalar orasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir muomalalar hisobga olinadi.
Ushbu analitik hisobvaraq quyi mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan, shuningdek, yuqori mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan ham qo‘llaniladi. Quyi mablag‘ taqsimlovchilar bu analitik hisob- varaqning kreditiga yuqori mablag‘ taqsimlovchilardan markaz- lashgan tartibda olingan moddiy aktivlar summalarini, shuningdek, boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha summalarni aks ettiradilar. Analitik hisobvaraqning debetiga esa markazlashgan tartibda olingan moddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Yuqori budjet tashkilotlar ushbu analitik hisobvaraq debetida quyi budjet tashkilotlarga markazlashgan tartibda tovar-moddiy qimmatliklarni berilishi va boshqa yuqori va quyi budjet tashki- lotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni aks ettiradilar. Analitik hisob- varaq debetida esa quyi budjet tashkilotlarga markazlashgan tartib- da berilgan tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarilishini aks ettiradilar.
Mustaqil ta’lim iicIhiii savollar
Maxsus mablag‘larga doir muomalalarning hisobi uchun budjet tashkilotlarida qaysi hisobvaraqlar qo‘llaniladi?
Mazkur budjet tashkiloti tomonidan maxsus mablag‘lar bo‘yicha bajarib topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun buyurt- machilardan bank muassasasidagi maxsus mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar summasiga qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi?
Maxsus mablag‘lar bo‘yicha sarf qilingan materiallar, pul mablag‘lari va boshqa xarajatlar summalariga qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi?
Boshqa tashkilotlar tomonidan, maxsus mablag‘lar bo‘yicha xara- jatlarga doir bajarib topshirilgan ishlari va ko‘rsatgan xizmat- lari summasiga qanday buxgalteriya ikki yoqlamali yozuvi rasmiylashtiriladi?
bob. budjet tashkilotlarida inventarlashni
O‘TKAZISH TARTIBI VA ULARNI HISOBGA OLISH
§. inventarlashning o‘tkazish obyektlari
va ularda inventarlashni o‘tkazish tartibi
Inventarlash to‘g‘risida tushuncha
Inventarlash - iqtisodiy atama bo‘lib, budjet tashkilotiga kirim qilingan, mol-mulkni ma’sul biriktirilgan shaxslarda bor yo‘qligini, haqiqiy holatini birgalikda aniqlash tushiniladi. Inventarlash ata- masining bazisli nomi bu inventarizatsiya deb nomlanib kelingan.
Inventarlash atamasini - xatlovdan o‘tkazish, ro'yxatga olish, kamomadlarni aniqlab topish, sanab chiqish va monitoringini o‘tka- zish tushunchalari bilan hamohanglikda mazmunini shakllantirish mumkin.
Boshqa tashkilotlarda bo'lgani kabi budjet tashkilotlarida ham 1996-yil 30-avgustdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, 1999-yil 19-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi M eg/17-19-2075-sonli buyrug‘i hamda 1999-yil 2-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan N° 833-sonli xatlari bilan inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 19-son buxgalteriya hisobi milliy andazasi asosida inventarlashni o‘tkazish qonuniy tartibga solib qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur me’yoriy hujjatlar asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarai inventarlashdan o‘ztkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirishdan iborat.
Budjet tashkilotidagi barcha moddiy qiymatliklari joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’iy nazar barcha mol-mulk inventarlashlanishi kerak. Chunki ertangi kunda yoki inventarlash vaqtida hujjat bilan haqiqatda bor yoki yo‘q bo‘lgan mol-mulk solishtiriladi. Moddiy qiymatliklarni inventarlash- dan o‘tkazish uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlarida tasdiqlangan rejadan tashqari boshqa vaqtlarda ham inventarlash o‘tkazilishi shart:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1-oktabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98-yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan «Tovar-moddiy zaxiralar» deb nomlangan 4-son BHMSga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98-yilda 491-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalar» deb nomlangan 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Budjet tashkilotlarining g‘azna mablag‘lari, g‘azna hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i- moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq ish yuritish buxgalteriya hisob siyosatiga kiritilgan tartiblarga muvofiq inventarlanadi.
|
| |