SHAXSIY HISOBVARAQLARNI YOPISHTIRIB QO‘YISH JOYI




Download 1 Mb.
bet75/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

SHAXSIY HISOBVARAQLARNI YOPISHTIRIB QO‘YISH JOYI

4-bet


Qaydnoma oxirida haqiqatda to‘langan summa va ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlarni to‘lashning olinmagan, deponentlanishi kerak bo‘lgan summasi to‘g‘risida yozib qo‘yishi, ushbu summalarni to‘lov qaydnomasi bo‘yicha umumiy yakun bilan solishtirishi va yozuvni o‘z imzosi bilan tasdiqlashi kerak. Agar pulni g‘aznachi emas, balki boshqa shaxs bergan bo‘lsa, qaydnomaga qo‘shimcha ravishda «Pulni qaydnoma bo‘yicha berdi (imzo)» deb yozib qo‘yiladi. Pulni g‘aznachi va tarqatuvchi bitta qaydnoma bo‘yicha berishi man etiladi;
G‘aznachi g‘azna daftariga haqiqatda to‘langan summani yozishi va qaydnomaga «-son chiqim g‘azna orderi» shtampini qo‘yishi shart.
Buxgalteriya g‘aznachilar tomonidan to‘lov qaydnomalariga qilingan belgilarni tekshiradi va ular bo‘yicha berilgan hamda deponentlangan summalarni hisoblaydi. Deponentlangan summalar bankka topshiriladi va topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim g‘azna orderi rasmiylashtiriladi.
Budjet tashkilotda ish haqi hisoblash va to‘lash bo‘yicha ma’lumot olish uchun har bir xodim bo‘yicha 417-son shakldagi kartochka-ma’lumotnomalar (21-jadval) yuritiladi.
Xodimlarga hisoblab yozilgan ish haqi, mukofotlar, turli mod- diy yordamlar va boshqa to‘lovlar summalari 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq- ning kreditiga va haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261, 271 va boshqa tegishli analitik hisobvaraqlar debetiga yoziladi. To‘langan ish haqi va boshqa to‘lovlar summalari va tegishli tartibda ushlab qolingan summalar 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga hamda 120, 172, 160, 176 va boshqa tegishli analitik hisobvaraqlarning kreditiga yoziladi.
Hisobot oyining oxirgi kuni holatiga ish haqi hisobi bo‘yicha 5-son memorial order rasmiylashtiriladi. Mazkur memorial orderga ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan barcha hujjatlar (ish vaqtidan foydalanish tabellari, ishga qabul qilinganlik, ishdan bo‘shatilganlik haqidagi buyruqlardan ko‘chir- malar va boshqa hujjatlar) ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Analitik hisob budjet tashkilotning har bir xodimi bo‘yicha alohida holda yuritiladi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHAXSIY HISOBVARAQLARNI YOPISHTIRIB QO‘YISH JOYI

Download 1 Mb.