• §. budjetdan tashqari mablag‘lar analitik va sintetik hisobi
  • Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar




    Download 1 Mb.
    bet71/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar

    1. «Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar» analitik hisobvarag‘ida budjet tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi.

    Ushbu budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga ajratma- larning hisoblanishi 211 «Davr xarajatlari» analitik hisobvarag‘ining debetida yoki amalga oshirilgan muomalalarning mazmunidan kelib chiqqan holda boshqa tegishli analitik hisobvaraqlarning debetida va 169 «Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi. Hisoblangan ajratma summalarini o‘tkazib berilishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar kreditida va 169 «Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.

      1. §. budjetdan tashqari mablag‘lar analitik
        va sintetik hisobi


        1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar

    17 «Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘i.
    Bu hisobvaraqda xodimlar bilan ish haqi, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek, talabalar, stajor- tadqiqotchi-izlanuvchilar va o‘quvchilar bilan stipendiyalar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar va xodimlar bilan boshqa hisob- kitoblar hisobi yuritiladi.
    17 «Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘i quyidagi analitik hisobvaraqlarga bo‘linadi:

    1. «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar»;

    2. «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar»;

    3. «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar»;

    4. «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- kitoblar»;

    5. «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar»;

    6. «:Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar»;

    7. «Xodimlammg ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar»;

    8. «Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar»;

    179 «Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar».

    1. «Kamodmadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisob- varag‘ida kamomadlar, talon-taroj qilingan pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar qiymati, shuningdek, aybdor shaxslar hisobi- ga yozilgan va o‘rnatilgan tartibda undirib olinishi lozim bo‘lgan moddiy qimmatliklar qiymati va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar hisobi olib boriladi.

    Inventarlash jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
    Aniqlangan kamomadlar, talon-tarojlar, nobudgarchiliklar va shu kabilar, agarda aybdor shaxsning hisobiga olib borilsa, 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga hamda pul mablag‘lari yoki moddiy qimmatliklar hamda boshqa tegishli analitik hisobvaraqlarning kreditiga yoziladi. 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kre- ditiga yetkazilgan zararni qoplash uchun budjet tashkilotga kirim qilingan summalar yoziladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar debetlanadi.
    Bu analitik hisobvaraqning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da har bir aybdor shaxs bo‘yicha ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qarzning vujudga kelgan sanasi hamda kamomad summasi ko‘rsa- tilgan holda, shuningdek, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larga ajratilgan holda yuritiladi.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar

    Download 1 Mb.