Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar




Download 1 Mb.
bet72/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar

  1. «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida budjet tashkilotlarning xodimlari bilan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha olib boradigan hisob-kitoblari yuritiladi. Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar qonun- chilikka asosan tartibga solinadi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoki Pensiya jamg‘armasi orqali to‘lanadigan budjet tashkilotining xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari hisobot oyining oxirgi kunida 163 «Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va 171 «Xodim- lar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisob- varaqning kreditida aks ettiriladi. Budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, jumladan, vaqtincha meh- natga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa- larni hisoblanishi haqiqiy xarajatlarai hisobga oluvchi 231 «Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar», 251 «:Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar», 261 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar» yoki boshqa tegishli analitik hisobvaraqlar debetida va 171 «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob- kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
To‘langan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari esa 171 «Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» yoki boshqa tegishli analitik hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini oluvchilar va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarining turlari bo‘yicha alohida holda yuritiladi.


      1. Download 1 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar

Download 1 Mb.