Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar




Download 1 Mb.
bet77/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar

Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasining 176 «Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida ish haqidan ushlangan kasaba uyushma a’zolik badallari (kasaba uyushma budjet tashkilotlari bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi joriy etilgan hollarda), shuningdek, ish haqi, stipendiyalar va boshqa to‘lovlardan ijro varaqalari va boshqa hujjatlar bo‘yicha ushlab qolingan summalar hisobga olinadi.
Kasaba uyushma a’zolik badallarini ushlash kasaba uyushma a’zolarining ulardan naqd pulsiz kasaba uyushmaga a’zolik badal- larini qabul qilish haqidagi yozma arizalari mavjud bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi. Ish haqidan kasaba uyushmaga a’zolik badallarini to‘lash uchun ushlangan summalar 176 «Xodim- larning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditiga va 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga yoziladi. Budjet (Budjetdan tashqari) hisobvarag‘idan o‘tkazilgan summalar 176 «Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i debetiga va pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar kreditiga yoziladi.
Ish haqi, stipendiyalar va boshqa to‘lovlardan ijro varaqalari va boshqa hujjatlar bo‘yicha ushlab qolingan summalar 176 «Xodim- larning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kreditiga hamda 173 «Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar», 174 «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» va boshqa tegishli analitik hisob- varaqlarning debetiga yoziladi. 176 «Xodimlarning ish haqi- 170
dan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga budjet (Budjetdan tashqari) hisobvaraq- lardan o‘tkazilgan summalar yoziladi, bunda pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar kreditlanadi.
Xodimlar bilan turli ushlanmalarning analitik hisobi har bir xodim bo‘yicha alohida holda 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.


  1. Download 1 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar

Download 1 Mb.