Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar




Download 1 Mb.
bet66/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan
mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar


  1. «Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan

mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida tashki- lotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajaril- gandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar hisobi yuritiladi.

  1. «Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan

mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning kre- ditiga tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar yoziladi, bunda 114 «Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar «analitik hisobvarag‘i debetlanadi, bu analitik hisobvaraqning debetiga esa belgilangan shart uchun berilgan yoki o‘tkazib berilgan summalar yoziladi, bunda 114 «Budjet tash- kilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
Depozit summalar analitik hisobi har bir oluvchi bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar

  1. «To‘lovlammg maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida quyidagilar hisobga olinadi:

  • bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) saqlanganligi;

  • bolalarni musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi;

  • tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib borila- digan hisob-kitoblar;

  • ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabi hisob-kitoblar hisobi yuritiladi.

Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lovlar
bevosita maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘langanda ota-ona- larga tolanganlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab-internatlari va boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi va to‘lov miqdorlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
To‘lovlar hisoblanganda 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetida va 242 «Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari» analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi. Ota-onalardan kelib tushgan mablag‘larga 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitob- lar»analitik hisobvaraq kreditlanadi va 110 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar» analitik hisob- varaq debetlanadi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarib olingan taqdirda oldindan to‘langan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha ta’lim muassasasi buxgal- teriyasiga rahbarning ko‘rsatmasi va bolalarning bog‘chaga qatna- shini hisobi olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.
Qaytariladigan summa g‘azna orqali beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi, shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan ham qaytarilishi mumkin. Qaytarilgan summa 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga va 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraqning kreditiga yoki 110 «:To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar» analitik hisobvaraq kreditiga yoziladi. Bir vaqtning o‘zida 156 «:To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debeti va 242 «:Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari» analitik hisobvaraqning krediti bo‘yicha storno provodkasi beriladi.
Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalarni 150
saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-me- morial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma rasmiy- lashtiriladi.
Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 «To‘lovlammg maxsus tur- lariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq kreditlanadi, 110 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar» analitik hisobvaraq yoki 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvaraq debetlanadi. Tarbiyalanuvchi- larning maktab-internatda haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblan- gan to‘lov summasiga 156 «:To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi va 242 «:Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir tarbiyalanuvchi bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ular- ning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 «:To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi va 242 «Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mab- lag‘lari» analitik hisobvaraq kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 «:To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq kreditlanadi va 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari», 110 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblardan tushgan mablag‘lar» yoki 061 «Oziq-ovqat mahsu- lotlari» (to‘lov o‘rniga oziq-ovqat berilganda) analitik hisobvaraqlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarida, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblar» analitik hisobvaraq debetlanadi va 242 «Ta’lim muas- sasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari» analitik hisob- varaq kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablag‘- larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar debetlanadi va 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraq kreditlanadi. Analitik hisob har bir badal to‘lovchi ota- onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar, shuningdek, qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar bilan ular olgan ovqatlar uchun hisob-kitob yuritganda 156 «To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvaraqning debetiga sarf qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 «Oziq-ovqat mahsulotlari» analitik hisobvaraq kreditlanadi.
Kreditiga esa xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek, oldindan to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisob- varaqlar (120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» yoki 110 «Tb‘lovlaming maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar» analitik hisobvaraqlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitbblarning hisobi 285-son shakldagi aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi.
152


  1. Download 1 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar

Download 1 Mb.