|
§. YAGONA IJTIMOIY TO‘LOV VA FUQAROLARNING
BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASIGA
SUG‘URTA BADALLARI
|
bet | 62/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. YAGONA IJTIMOIY TO‘LOV VA FUQAROLARNING
BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASIGA
SUG‘URTA BADALLARI
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘laridan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarining ish haqidan ushlab qolinadi va davlat soliq inspeksiyasi orgali o‘tkaziladi. Yagona ijtimoiy to‘lovlami hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan topshiradi, budjet tashkiloti buxgalterlari tomonidan hisobot yilning har choragida hisobot davrining keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etadilar.
To‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
yagona ijtimoiy to‘lov (25%) - har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay;
sug‘urta badallari (4,5%) - ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlami taqdim etish bilan bir vaqtda, taqdim etiladi.
Ish haqi hisobiga oyning birinchi yarmi uchun bo‘nak (avans) olishga hujjatlar taqdim etilganda sug‘urta badallari to‘lovi amalga oshirilmaydi.
§. JAMG‘ARILIB BORILADIGAN PENSIYA
FONDIGA AJRATMALAR HISOBI
Xodimlarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimida qatnashuvchi ishchi-xodimlarga o‘tkazilayotgan badallar summasi yuzasidan yuritilish hujjatini ko‘ramiz (18-jadval)
Xodimlarning jami daromadlaridan ushlanadigan daromad solig‘i summasidan qoplanadi. Ushbu summa esa jami daroma- dining asl qiymati hisobidan (amalda 1,0%) foiz hisobida aniqlanadi.
18-jadval
(tashkilotning burchak shtampi)
|
| |