• Mustaqil ta’lim uchun savollar
  • bob. DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOBLASHISHLAR HISOBI
  • S. Ya. Atamurodov, M. S. Sodikov




    Download 1 Mb.
    bet63/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    TASHKILOT NOMI
    Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimida qatnashuvchi xodimlarga 2011-yil AVGUST oyi uchun o‘tkazilayotgan badallar to‘g‘risidagi 155 raqamli REESTR



    Xodimn- ing JBPT hisob- varaqasi ( 14 raqam- dan iborat)

    Xodimn- ing famil- iyasi, ismi va ota- sining ismi

    Daromad to‘lanadigan jami daro- madlar miq- dori, so‘m

    Hisob-
    langan
    majburiy
    badal
    miqdori,
    so‘m

    Xodimning xohishiga ko‘ra qo‘shimcha ravishda o‘tka- zilayotgan badal miqdori, so‘m

    Jami o‘tkazib berilayotgan badal
    miqdori, so‘m (k.5 + k. 6)

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7






















    Jami













    Direktor F.I.O.
    Bosh hisobchi F.I.O.





    Mazkur hujjat ikki nusxada(elektron bugungi kunda, fleshkada) rasmiylashtirilib, budjet tashkiloti joylashgan tumanning xalq bankiga mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan har oyning 10-sanasi- dan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
    Mustaqil ta’lim uchun savollar

    1. Yagona ijtimoiy to‘lov va majburiy sug‘urta badallari deganda nimani tushunasiz?

    2. Yagona ijtimoiy to‘lov qachon joriy qilingan?

    3. Yagona ijtimoiy to‘lov necha foizni tashkil etadi?

    4. Jismoniy shaxsning daromadlaridan yana qo‘shimcha ravishda yagona ijtimoiy to‘lov uchun qoshimcha mablag‘ ushlab qolish mumkinmi?

    5. Yagona ijtimoiy to‘lov hisoboti qayerga topshiriladi?

    6. Yagona ijtimoiy to‘lov hisobotining muddati belgilanganmi?

    7. Xalq bankiga hisobotni taqdim qilish usullarini tushuntirib bering.

    8. Yagona ijtimoiy to‘lov hisobotlarini davlat soliq idorasi nazorat qiladimi?

    9. Yagona ijtimoiy to‘lovni hisob va hisobotlarini rasmiylashtirish hamda belgilangan muddatlaridagi xatoliklariga kimlar ma’sul?

    10. Yagona ijtimoiy to‘lov summalari pirovard natijada yig‘ilib qanday maqsadlar uchun sarflanadi?

    1. bob. DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN
      HISOBLASHISHLAR HISOBI


      1. §. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN
        HISOBLASHISHLAR


        1. Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar mazmuni va ahamiyati

    Bu bobda keltirilgan hisobvaraqlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmat- liklari, bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun olib borila- digan hisob-kitoblar, budjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxs- lar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota- onalari, shuningdek, boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob- kitoblar hisobga olinadi.
    Tashkilotlar o‘rtasida avans to‘lovlarini amalga oshirish, shu- ningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tashki- lot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi materiallami tegishli idoralarga taqdim etishi shart.
    Qarzlarni qarzdorlarning to‘lovga qodir emasligi oqibatida hisobdan chiqarish qarzdorlikni bekor qilish emas. Bu qarzdorlik qarzdorning mulkiy ahvoli o‘zgargan taqdirda undirib olish imkoniga ega bo‘lish maqsadida kuzatib borish uchun u hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida balansdan tashqari 05 hisobvaraqda ko‘rsatilishi lozim.
    Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan amaldagi xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun muddatda tegishli moliya organiga xabar qilinadi.
    Da’vo qilish muddati tugagan budjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliya- lashtiriladigan (xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli budjet daromadiga da’vo qilish muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak.
    Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, budjetdan tashqari mab- lag‘lar bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summa- lari 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisob- varag‘ida daromad sifatida aks ettiriladi.
    Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbe- kiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
    Debitorlar va kreditorlarni hisobda aks ettirish uchun hisob- varaqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar belgilangan:

    1. «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar»;

    2. «Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar»;

    3. «Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar»;

    4. «Boshqa hisob-kitoblar».


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




    Download 1 Mb.