• Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarlarning hisobi
  • Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar




    Download 1 Mb.
    bet65/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar

    152 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlab chiqargan mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonida xaridorlar va buyurtmachi tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitoblari aks ettiriladi.
    Xaridor va buyurtmachilardan o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilangan to‘lovlar kelib tushganda pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar debetlanadi va 152 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i
    kreditlanadi. Bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib olinganda (tegishli tasdiq- lovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo‘natilganda 152 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i
    debeti va 200 «Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.

        1. Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarlarning hisobi

    1. «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» analitik hisobvarag‘i sug‘ur- ta bo‘yicha to‘lovlarga doir hisob-kitoblarni, jumladan, ish beruv- chining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qo‘llaniladi.

    Ushbu analitik hisobvaraqning kredit tomonida tashkilotlar tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘ur- ta mukofoti summasi hamda sug‘urta majburiyatlari bilan bog‘- liq boshqa majburiyatlarni hisoblanishi, debet tomonidan esa hisoblangan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti summalarini, shuningdek, boshqa sug‘urta majburiyat- larining to‘lanishi (bajarilishi) aks ettiriladi.
    Jumladan, ish beruvchining (tashkilotning) fuqarolik javobgar- ligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisini debetida va 154 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar»analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
    O‘tkazib berilgan summalar esa 154 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lov- lar» analitik hisobvarag‘ning debetida va tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar kreditida aks ettiriladi.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar

    Download 1 Mb.