|
§. ISH HAQIDAN USHLAB QOLINADIGAN SUMMALAR (DAROMAD SOLIG‘I VA BOSHQALAR)NING HISOB-KITOBI
|
bet | 56/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. ISH HAQIDAN USHLAB QOLINADIGAN SUMMALAR (DAROMAD SOLIG‘I VA BOSHQALAR)NING HISOB-KITOBI
Budjet tashkilotiga xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruq asosida buxgalteriya xodimga tabel raqami beradi, tabel yurituvchi shaxs esa uning familiyasini Ish vaqtidan foydalanish hisobi va ish haqini hisoblash tabeli (392-mex shakl)ga kiritadi. Buxgalteriya xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruq asosida Kartochka-ma’lumotnoma (417-shakl)ni ochadi. U yil davomida xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish uchun qo‘llaniladi. Kartochka-ma’lumotnoma har bir xodimga ochiladi. Kartochka-ma’lumotnomalar ishchi va xizmatchilarning o‘tgan davrdagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot olish uchun xizmat qiladi. Kartochka-ma’lumotnomada xodim to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlardan (familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, lavozimi, oylik miqdori, tarifikatsiya bo‘yicha razradi, tug‘ilgan yili, qayerda ishlashi, mehnat haqidan ushlanmalar, soliq bo‘yicha imtiyozlar va boshqalardan) tashqari har oyda ishlagan kunlari soni va turlari bo‘yicha hisoblangan ish haqi summasi qayd qilinadi. Mehnat kodeksiga ko‘ra grafiklarga va xodimlarning arizalariga asosan xodimlarga beriladigan navbatdagi mehnat, qo‘pshmcha va o‘quv ta’tillariga xodimning chiqishi Ta’til berish haqidagi ma’lumot xati (425-mex shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ma’lumot xatini ta’til berish haqidagi buyruq asosida xodimlar bo‘limi yozadi. Ma’lumot xati, xodimlar bo‘limi tomonidan buxgalteriyaga «Ta’til berish haqidagi va xodimlarni ishdan bo‘shatish haqidagi ma’lumot xatlarini» ro‘yxatga olish jurnaliga imzo chektirib beriladi. Xodimning ishdan bo‘shatilishi Bo‘shatish haqidagi maiumot xati (426-mex-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bo‘shatish haqidagi ma’lumot xati xodimlar bo‘limi tomonidan xodimni ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq asosida yoziladi. Bo‘shatilayotgan xodim o‘z hisobida bo‘lgan barcha moddiy qiymatliklarni topshiradi, undan keyin bo‘shatish haqidagi ma’lumot xati xodimlar bo‘limi tomonidan buxgalteriyaga «Ta’til berish haqidagi va xodimlarni ishdan bo‘shatish haqidagi ma’lumot xatlarini» ro‘yxatga olish jurnaliga imzo chektirib beriladi. Tegishli hujjatlashtarishlarda ko‘zda tutilmagan to‘lovlarning yoki ushlab qolishlarning turlari bo‘yicha yoki ularni to‘lash hisob-kitob qilish davrining muddatlari bo‘yicha to‘g‘ri kelmaganda hisoblangan mehnat haqi yoki ushlangan summalar To‘lov yoki ushlab qolishlarning boshqa turlari qaydnoma (426-mex-shakl)da amalga oshiriladi. Qaydnoma hisob-kitob qilish davri uchun buxgalteriya tomonidan to‘lovlarga alohida va ushlab qolishlarga alohida rasmiylashtiriladi. Vaqgincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida amalga oshiriladi. Vaqtincha mehdatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni to‘lash ish haqi bilan birga amalga oshiriladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik vara- qalari alohida papkaga tikiladi va yil boshidan boshlab xronologik tartibda raqamlanadi. Har bir varaqda u hisoblash uchun kiritilgan hisob-kitob-to‘lov qaydnomaning raqami qo‘yiladi. Ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish bir vaqtning o‘zida mehnat haqi to‘lash uchun ham ishlatiladigan hisob-kitob-to‘lov qaydnoma (49-shakl) bo‘yicha amalga oshiriladi. U oylik ish haqini hisoblash va oxirgi hisob-kitoblar bo‘yicha oyning ikkinchi yarmi uchun xodimlarga tegishli boigan ish haqini berishda qo‘llaniladi. Bir nechta hisob-kitob-to‘lov qaydnomalari yoziladigan budjet tashkilotlarida bu qaydnomalarning jamlanmalari bo‘yicha ish haqiga doir memorial-order bo‘ladigan «5-memorial-order. Ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob qaydnomalarining yig‘masi» (405-shakl) rasmiylashtiriladi. Ayrim hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar, xatolarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi qo‘shimcha muomalalar va storno-yozuvlari, hujjatlarai to‘ldirishda kelib chiq- qan va shunga o‘xshash ma’lumotlarni yozishga buxgalteriya Buxgalteriya ma’lumotnomasi (433-mex-shakl)ni to‘ldiradi. Xodim- larning ish haqidan alimentlarni ushlab berish haqidagi ijro vara- qalari Alimentlarni ushlab berish haqidaga ijro varaqalarini hisobga olish kitobi (437-shakl)da ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Rejadagi bo‘nakni to‘lash Bo‘nakni to‘lash uchun to‘lov qaydnoma (389-shakl) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining ishchi va xizmatchilariga ish haqi belgilangan muddatlarda, budjet tashkilotlarining ko‘pchiligida oyda ikki marotaba, ayrimlarida esa bir marta beriladi. Ish haqi- ni hisoblash oyda bir marta amalga oshiriladi. Ish haqi va boshqa to‘lovlami hisoblash bo‘yicha hisob-kitob qaydnoma ishga kelgan- larni hisobga olish tabellari, ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va xizmat yuzasidan bir joydan boshqa joyga o‘tkazish haqidagi budjet tashkiloti bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar asosida rasmiylashtiriladi va oyning oxirgi kunida hisobda qayd qilinadi. Tabel belgilangan shakl bo‘yicha yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy soni hamda meoyoridan ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Tabel oyning oxirgi kuni budjet tashkilotining buxgalteriyasiga ish haqini hisoblash uchun beriladi. Ish haqini hisoblash bo‘yicha hisob-kitob qaydnomasi ish haqiga doir oylik hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Oyning birinchi yarmi uchun mehnat haqining rejadagi 50 foizidan tegishli soliqlar va boshqa ushlab qolishlarni hisobga olgan holda bo‘nak beriladi. Rejadagi bo‘nakni to‘lash uchun to‘lov qaydnoma rasmiylashtiriladi. Ish haqini to‘lash qaydnomalari budjet tashkilotining rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. G‘aznadan pul berishga ruxsatnoma ham budjet tashkilotining rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
|
| |