Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishdagi farqlarning hisobi




Download 1 Mb.
bet52/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishdagi farqlarning hisobi

Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiri- ladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

  • kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning kreditida va 170 «Kamomadlarga doir hisob- kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida (yoki kreditida) va 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kreditida (yoki tovar-moddiy zaxiralarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida) aks ettiriladi;

  • aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning debetida va 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.

Agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet va budjetdan tashqari mab- lag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa tovar-moddiy zaxiralar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mab- lag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisob- varag‘iga kirim qilinadi va to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxs- ning tashkilot ixtiyoriga bergan tovar-moddiy zaxiralarining qiy- mati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda aks ettiriladi.

Download 1 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishdagi farqlarning hisobi

Download 1 Mb.