|
§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralarni
inventarlashdan o‘tkazish
|
bet | 51/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodov§. budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralarni
inventarlashdan o‘tkazish
Inventarlash natijasida tovar-moddiy zaxiralar yuzasidan buxgalteriya yozuvlari
Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy zaxira- larning kirim qilinishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlarning debetida va 273 «Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Inventarlash natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va hisobda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning kreditiga va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet mablag‘lari hisobi- dan sotib olingan bo‘lsa yoki sotib olingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonun- chilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisob- dan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning kreditida va ushbu tovar-moddiy zaxiralar- ning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida buxgalteriya yozuvlari qilinishi lozim;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromad- lariga hisoblanishi 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» ana- litik hisobvarag‘ining debetida va 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida buxgalteriya yozuvlari qilinishi lozim;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasini to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning debetida va 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida buxgalteriya yozuvlari qilinishi lozim;
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning kreditida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
128
|
| |