|
Bosliqa turdagi tovar-moddiy zaxiralar hisobi
|
bet | 50/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq AtamurodovBosliqa turdagi tovar-moddiy zaxiralar hisobi
Bu hisobvaraqda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va yarani bog'lash vositalari, yonilg'i, yoqilg'i- moylash materiallari, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan, ilmiy-tekshirish ishlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy zaxiralar hisobga olinadi.
06 «Boshqa tovar-moddiy zaxiralar» hisobvarag'i hisobda quyidagi analitik hisobvaraqlarga bo‘lingan holda aks ettiriladi:
«Qurilish materiallari»;
«Oziq-ovqat mahsulotlari»;
«Dori-darmonlar va yarani bog'lash vositalari»;
«Inventar va xo‘jalik jihozlari»;
«Yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari»;
«Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari»;
069 «Boshqa tovar-moddiy zaxiralar».
«Qurilish materiallari» analitik hisobvarag‘ida qurilish va montaj ishlari jarayonida foydalaniladigan qurilish materiallari hisobga olinadi.
Qurilish materiallari sifatida silikat materiallar (sement, qum, shag‘al, ohak, tosh, g‘isht va boshq.), yog‘och materiallar (xodalar, arralangan yog‘och-taxtalar, fanerlar va sh.k.), qurilish metali (temir, tunuka, po‘lat, listli rux va sh.k.), metall buyumlar (mixlar, gaykalar, boltlar, halqali buyumlar va shu kabilar), sanitariya- texnika materiallari (jo‘mraklar, muftalar va h.k.), elektrotexnika materiallari (kabellar, lampalar, patronlar, roliklar, shnur, sim va saqlagichlar va sh.k.), kimyoviy-bo‘yoq moddalari (bo‘yoqlar, oliflar va sh.k.) va boshqa shu kabi materiallar hisobga olinadi.
Qurilish materiallarining analitik hisobi materiallaraing nomi, miqdori va qiymati bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmat- liklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochka)sida yuritiladi.
«Oziq-ovqat mahsulotlari» analitik hisobvarag‘ida tashkilot- lardagi oziq-ovqat mahsulotlari hisobga olinadi. Kelib tushgan oziq- ovqat mahsulotlarining hisobi oziq-ovqat mahsulotlaring kirimga olinadigan 300-son shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarini kirimi bo‘yicha jamlanma qaydnomada yuritiladi.
Qaydnoma har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi. Qaydnomaga yozuvlar boshlang‘ich hisob hujjat- lar asosida miqdor va summa ifodasida yoziladi. Oy tugagandan so‘ng qaydnomadagi raqamlarning jami hisoblab chiqiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sarfining hisobi oziq-ovqat mahsulotlari sarfi bo‘yicha 399-son shakldagi jamlanma qaydnomada yuritiladi. Bu jamlanma qaydnoma moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi. Unga yozuvlar 299-son shakldagi oziq-ovqat mahsulotlari berish uchun menyu-talabnoma va boshqa hujjatlar asosida yoziladi.
Oy tugagandan keyin qaydnomadagi raqamlarning jami hisob- lab chiqiladi, bu esa sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining qiy- matini aniqlashga xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida ta’lim muassa- salarida ta’minlanadigan bolalar soni bilan, davolash muassasalarida esa bemorlar haqidagi ma’lumotlar bilan va boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
411-son shaklda jamlanma qaydnomalardagi ma’lumotlaridan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa chiqim hujjatlari (kam chiqqan oziq-ovqat mahsulotlariga, bazaga qaytarishga va boshqalarga tuzilgan dalolatnomalar) yoziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik hisobi ularning nomi, navi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo'yicha M-44-son shakldagi material zaxiralar bo'yicha aylanma qayd- nomada yuritiladi. Aylanma qaydnomalarga yozuvlar 300 va 399- son shakldagi jamlanma qaydnomalari hamda oziq-ovqat mahsu- lotlarining kirimi va chiqimiga doir boshqa hujjatlar asosida yozi- ladi. Har oyda aylanma qaydnomalardagi aylanmalar hisoblab chiqiladi va oy boshiga qoldiq chiqariladi.
«Dori-darmonlar va yarani bog'lash vositalari» analitik hisobvarag'ida kasalxonalardagi, davolash-profilaktika, davolash- veterinariya va xarajatlar smetalarida ushbu maqsadlar uchun mablag' ajratish ko'zda tutilgan tashkilotlardagi dori-darmonlar, komponentlar, bakteriyali preparatlar, zardoblar, vaksinalar, qon va yarani bog'lash vositalari va boshqa dori-darmonlar hisobga olinadi.
Bu analitik hisobvaraqda o'z dorixonalariga ega bo'lgan meditsina tashkilotlaridagi yordamchi va dorixona materiallari ham hisobga olinadi.
«Inventar va xo‘jalik jihozlari» analitik hisobvarag'ida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo‘jalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, cho'tka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xo‘jalik jihozlari hisobga olinadi.
Invetar va xo‘jalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori bo‘yicha M-17- son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berish 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Buyumlar ombordan berilayotganda tashkilotning, bo‘limning nomi, foydalanishga topshirilgan yili va oyi ko‘rsatilgan marki- rovkali shtampi qo‘yiladi. Markirovka bo‘yoq yordamida qilinadi yoki jeton bilan mahkamlanadi.
Singan idishlarni hisobdan o‘chirish uchun singan idishlarni ro‘yxatga oladigan 325-son shakldagi singan idishlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha kitob yuritiladi. Kitobga yozuvlar tegishli mansab- dor shaxslar tomonidan yoziladi. Doimiy ishlab turadigan komis-
124
siya kitobni to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib boradi va har chorakda (har oyda) singan idishlarni hisobdan o‘chirish dalolat- nomasini tuzadi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalar ombo- ridagi mavjud ich kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechak va poyafzallar quyidagicha alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:
ich kiyimlar (ko‘ylaklar, xalatlar va shunga o‘xshashlar);
ko‘rpa-to‘shaklar va ko‘rpa-to‘shak buyumlari (matraslar, yostiqlar, ko‘rpalar, choyshablar, ko‘rpa va yostiq jildlari, yopin- g‘ichlar, qop-ko‘rpa) va h.k;
kiyim-bosh va shaklli ust-bosh hamda maxsus kiyimlar (kastumlar, koftalar, yubkalar, kurtkalar, shimlar) va boshqalar;
poyafzallar, maxsus poyafzallar (botinkalar, etiklar, sandallar, piymalar va h.k.) bilan birga;
sport kiyimlari va poyafzallari (kastumlar, botinkalar) va h.k.
analitik hisobvaraqning analitik hisobi predmetlarning nomi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha 296- son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftarida (kartochkasida) yuritiladi.
«Yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari» analitik hisobvara- g‘ida omborlarda, shuningdek, bevosita moddiy javobgar shaxslar ixtiyorida turadigan barcha turdagi yonilg‘i, yoqilg‘i - moylash materiallari (o‘tin, ko‘mir, torf, benzin, kerosin, mazut, avtol va h.k.) hisobga olinadi.
«Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari» analitik hisobvarag‘ida mashinalarning (tibbiyot, elektron-hisoblash va shu kabi) uskunalari, traktorlar, kombaynlar, transport vositalarining (motorlar, avtomobil shinalari, kamera va aylana shakldagi lentalar va shu kabilar) eskirgan qismlarini almashtirish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlar hisobga olinadi.
Ehtiyot qismlarning analitik hisobi ehtiyot qismlarning nomi, turi, zavod bergan raqami, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Bunda,
125
eskirganlarini almashtirish uchun ombordan berilgan avtomobil shinalari va pokrishkalari balansdan tashqari 12-hisobvaraqda hisobga olinadi hamda oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, mansabi, olingan kuni va zavod raqami ko‘rsatiladi.
069 «Boshqa tovar-moddiy zaxiralar» analitik hisobvarag‘ida ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya sinovlari uchun uzoq muddat ishlatiladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy- tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan reaktivlar va ximikatlar, oyna va kimyoviy idishlar, metallar, elektr va radio materiallari, radiolampalar, fotobuyumlari, o‘quv dasturlari hamda qo‘llanma va ilmiy ishlarni nashr qilish uchun qog‘ozlar, tajriba qilinadigan hayvonlar hamda o‘quv maqsadlari va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mo‘ljallangan boshqa materiallar, shuningdek, protez uchun ishlatiladigan qimmatbaho va boshqa tovar-moddiy zaxiralar hisobga olinadi.
Boshqa tovar-moddiy zaxiralarning analitik hisobi 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da materiallarning nomi, navi, miqdori, qiymati va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) hisobda 091 «Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvarag‘ining debetiga va 15 «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘ining tegishli analitik hisobvaraqlari kreditiga yoziladi. Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlar) bo‘yicha kirim qilinishi 06 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga va 091 «:Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar» analitik hisobvarag‘ining kreditiga yoziladi.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz olingan tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobiga kirim qilish vaqtida belgilangan tartibda aniqlangan joriy bozor qiymati bo‘yicha
091 «:Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar» analitik hisobarag‘ining debetiga yoziladi va 126
262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kreditiga yoziladi.
Agarda, ushbu tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha yetkazib berish va shu bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilsa, u holda ushbu xarajatlar mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini oshiradi va hisobda
091 «Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar» analitik
hisobvarag‘ining debetiga va
15 «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» yoki boshqa tegishli hisobvaraqlarning analitik hisobvaraqlari kreditiga yoziladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati bo‘yicha kirim qilinishi
hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetiga va
091 «:Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar» analitik
hisobvarag‘ining kreditiga yoziladi.
Tovar-moddiy zaxiralar foydalanish jarayonida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Foydalanish jarayonida, shuningdek, beg‘araz berilishi munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini hisobdan chiqarilishi 06-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditiga va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisini debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
|
| |