|
asosiy vositalarning inventar ro‘yxati
|
bet | 37/99 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #256546 |
Bog'liq Atamurodovasosiy vositalarning inventar ro‘yxati
AV-13 son shakl
Inventar
kartochka
|
Inventar
raqami
|
Obyektning to‘liq nomlanishi
|
Hisobdan chiqarildi (ko‘chirildi)
|
Raqami
|
Sana
|
Hujjat
|
Hisobdan chi- qarilishining sababi
|
sana
|
raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
4.1.3.Asosiy vositalarni inventarlash
Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash asosiy vositalarning bozor qiymati bo‘yicha ularning haqi- qiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi, belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 273 «Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol- mulklar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar summasiga
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 273
Inventarlash natijasida kamomad chiqqan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa):
hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Inventarlash natijasida kamomad chiqqan budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo‘lgan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa):
hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi Debet:02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daro- madlariga hisoblanishi
Debet:170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar Kredit: 160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob- kitoblar
aybdor shaxs tomonidan tashkilot g‘aznasiga kamomad summasining to‘lanishi
Debet:120 Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari Kredit: 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
kamomad summasini hisobvaraqqa kirim qilinishi Debet:113 Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar Kredit: 120 Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi Debet:160 budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar Inventarlash natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori
topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kre- ditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manba- sidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02-hisob- varaqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs aybdor deb tan olingan va agarda asosiy vosita budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan bo‘lsa yoki sotib olingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
- kam chiqqan asosiy vositaning dastlabki qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kre- ditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manba- sidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02 hisob- varaqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromad- lariga hisoblanishi 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» ana- litik hisobvarag‘ining debetida va 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan tashkilot g‘aznasiga kamomad summasining to‘lanishi 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘- lari» analitik hisobvarag‘ining debetida va 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining kreditida;
kamomad summasini hisobvaraqqa kirim qilinishi 113 «Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar» analitik hisobvarag‘ining debetida va 120 «Milliy valutadagi naqd pul mablag‘lari» analitik hisobvarag‘ining kreditida;
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida va 113 «Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar» analitik hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida aybdor deb tan olingan holda (agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa):
hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi
Debet: 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan kam bo‘lsa
Debet: 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kredit: 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar
agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summadan ko‘p bo‘lsa
Debet: 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi
Kredit: 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar»
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi Debet: pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlar Kredit: 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar»
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiyma- tining hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi 170 «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 analitik hisobvaraqning debetida (yoki kreditida) va 272 «Boshqa budjetdan tashqari daromadlar» analitik hisobvarag‘ining kreditida (yoki asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi analitik hisobvaraqlarning debetida va 170 analitik hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
Agarda asosiy vosita budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan sum- ma asosiy vosita qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mab- lag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegish- li qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi tashki- lotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Ushbu mablag‘lar to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika baza- sini mustahkamlashga sarflanadi.
Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxs- ning tashkilot ixtiyoriga bergan asosiy vositasi kamomad chiqqan asosiy vosita qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu asosiy vosita belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni chet el valutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan asosiy vositalarning qiymati operatsiya sodir etilgan (bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish yoki yetkazib berilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan) sanadagi O‘zbe- kiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan belgilanadi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish, shuningdek, ijaradan tushgan mablag‘larni hisobda aks ettirish qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchi tashkilotlarda balansdan (hisobdan) chiqarilmaydi, ijaraga oluvchilarda esa mazkur asosiy vositalar 01 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi.
|
| |