• Mustaqil ta’lim uchun savollar
  • bob. BUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI
  • Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobvaraqlardagi summalarni umumlashtirish holati
  • Qat'iy hisobot blanklari bo‘yicha DAFTAR (448-son shakl)




    Download 1 Mb.
    bet35/99
    Sana29.05.2024
    Hajmi1 Mb.
    #256546
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
    Bog'liq
    Atamurodov

    Qat'iy hisobot blanklari bo‘yicha DAFTAR (448-son shakl)

    Sana

    M
    O
    ^ T,
    X>
    ° c3
    S gP
    C3 p
    .5
    2

    OD
    1 s
    ^2 g o--!- 3
    r-i co
    % B
    «5 §
    <

    Kirim

    Xarajat

    Qoldiq

    §
    M

    oy

    yii

    S-H
    O
    'O
    a

    c3 S
    -s S-'S il-a U j* §< “
    ^ o oi c3 PQ cr1 h > v—-/ 03 >

    0$ .
    1 a
    B o
    p 00
    00

    5-h
    o
    'O
    %

    c3 S
    -s s-'s ^l l-a U j* §< “
    ^ o C3 C3 ffl CfH >
    C3
    >

    0$ .
    1 a
    B o
    p 00 00

    S-H
    O
    'O
    'B

    0$ .
    1 a
    B o
    p 00
    00

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13













































    Mustaqil ta’lim uchun savollar

    1. Budjet tashkiloti g‘aznasi deganda nimani tushunasiz?

    2. Budjet tashkilotining g‘azna hisobvarag‘i va unda muomalarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bera olasizmi?

    3. Kirim va chiqim g‘azna orderlari va uni rasmiylashtirishni kim amalga oshiradi?

    4. Budjet tashkilotlarida g‘azna daftarini yuritish tartibi qanaqa va unga kim ma’sul?

    5. G‘aznadan hisobdor shaxslarga pul berish bo‘yicha tushun- changiz?

    6. Budjet tashkiloti g‘aznasida boshqa pul mablag‘lari bilan ishlashning sintetik va analitik hisobini aytib bering.

    7. G‘azna atamasining oldingi nomini bilasizmi?

    8. G‘azna to‘grisida qanday me’yoriy hujjatlar mavjud?

    9. G‘azna hisobvarag‘ini tarkibini tushuntirib bering.

    10. Oylik maosh nima sababdan beriladi?

    1. bob. BUDJET TASHKILOTLARIDA
      ASOSIY VOSITALAR HISOBI


      1. §. ASOSIY VOSITALAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
        VA UNING ANALITIK VA SINTETIK HISOBI


        1. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlarning analitik va sintetik hisobi to‘g‘risida tushuncha

    Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktiv- larning budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida quyidagi hisob- varaqlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi keltiritiladi:

    1. «Asosiy vositalar»;

    2. «Asosiy vositalarning eskirishi»;

    3. «Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar».

    Asosiy vositalar deb, qonunchilikka muvofiq zimmasiga yukla- tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo‘lgan moddiy aktivlarga aytiladi.
    01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘ida tashkilotlarning barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilgan asosiy vositalar- ning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlar, qiymatliklar umum- lashtirib (£x=xx + x2+x3 + ... + xn) ko‘rsatiladi (7-jadval).
    Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida kelib tushishi bo‘yicha, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o‘tishi, budjet tashkiloti hisobidan chiqarilishi, har bir obyektning saqlanishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazorat qilinishi hujjat- larda to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishi lozim.
    Budjet tashkilotlari o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifa- larni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek, ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’iy nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo‘lgan moddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.

    7-jadval
    Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobvaraqlardagi summalarni umumlashtirish holati

    Sintetik hisobvaraq

    Analitik hisobvaraqlar

    Summa

    nomi

    kodi

    nomi

    kodi

    Asosiy
    vositalar

    01

    Turar-joy imoratlar

    010

    x,

    Noturar joy imoratlar

    011

    X2

    Inshootlar

    012

    X3

    Mashina va jihozlar

    013

    X4

    Transport vositalari

    015

    X5

    Kutubxona fondi

    018

    X6

    Boshqa asosiy vositalar

    019

    X

    Jami

    -

    X*

    Asosiy vosi-
    talarning
    eskirishi

    02

    Turar-joy imoratlarning eskirishi

    020

    X

    Noturar joy imoratlarning eskirishi

    021

    y^

    Inshootlarning eskirishi

    022

    y^

    Mashina va jihozlarning eskirishi

    023

    y^

    Transport vositalarining eskirishi

    025

    y^

    Boshqa asosiy vositalarning eskirishi

    029

    y^

    Jami

    -

    Xy






    Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo‘shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzat- kich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
    Qiymati va xizmat muddatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo‘jaligi mashinalari va usku- nalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari
    (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.
    Ko‘p yillik ko‘chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qat’iy nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
    Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:

    • maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni tur- kumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘nal- tirilgan asboblar va moslamalar);

    • maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

    • ko‘rpa-to‘shak anjomlari;

    • yozuv-chizuv anjomlari (kalkulatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);

    • oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon- sochiqlar;

    • tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannar- xiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

    • bir yildan kam foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiri- ladigan uskunalar;

    • ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar.

    Ushbu yuqorida keltirilgan moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi.
    Yuqorida qayd etilgan 7-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag‘i quyidagi analitik hisobvaraqlarga bo‘linadi:

    1. «Turar-joy imoratlar»;

    2. «Noturar-joy imoratlar»;

    3. «Inshootlar»;

    4. «Mashina va jihozlar»;

    015 «:Transport vositalari»;

    1. «Kutubxona fondi»;

    2. «Boshqa asosiy vositalar».

    Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasiga asosan 010 «Turar- joy imoratlar» analitik hisobvarag‘ida to‘liq yoki asosan turar- joy uchun belgilangan binolar hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda tashkilotlarning balansida bo‘lgan va o‘z xodimlarining, jumladan, harbiy xizmatchilarning yashashi uchun foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi.
    Hisobvaraqlar rejasining 011 «Noturar-joy imoratlar» analitik hisobvarag‘ida esa, turar-joy bo‘lmagan barcha imoratlar, jumladan, ishlabchiqarish xo‘jalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy-madaniy (o‘quv yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari, kutubxonalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va boshqalar) va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi.
    Asosiy vositalar sintetik hisobvaraqning 012 «Inshootlar» analitik hisobvarag‘ida quyidagilar hisobga olinadi: suv nasoslar, mashg‘ulot o‘tkazish maydonlari, suv havzalari, yo‘llar, ko‘priklar, yodgorlik-haykallari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar va jamoat bog‘lari, budjet tashkilotining to‘siqlari va boshqalar aks ettiriladi. Har bir analitik hisobvaraqda aks ettiriladigan asosiy vositalar nobudgarchiliklar, hisobotlarda adashmovchiliklar bo‘lishining oldini oladi. Bundan tashqari, ushbu analitik hisobvaraqda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur o‘tkazgichlar, transformatsiya va quvur o‘tkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste’molchilarga yetkazish uchun energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning, gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarning binolari 011 analitik hisobvaraqda, ularning jihozlari esa 013 analitik hisobvaraqda hisobga olinadi.
    013 «Mashina va jihozlar» analitik hisobvarag‘ida quyidagilar: kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish mashinalari va jihozlar, o‘lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar,
    laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:

    • kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr ener- giyasini hosil qiluvchi mashina-generatorlar va turli xil energiyani (suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, ya’ni harakat energiyasiga aylantirib beruvchi mashina dvigatellar;

    • ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar jarayonida mehnat predmetiga mexa- nik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishga hamda ishlab chiqa- rish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar, inson va hayvonlar kuchi yordamida joydan-joyga ko‘chirish uchun mo‘ljal- langan mashinalar, apparatlar va jihozlar;

    • o‘lchov asboblari - dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetrlar, vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik o‘lchagichlar, galvanometrlar, geodeziya asboblari, gidroskoplar, indikatorlar, kompressorlar, manometrlar, xronometrlar, maxsus tarozilar, o‘lchagichlar, g‘azna apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv o‘lchash asboblari va boshqalar;

    • tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik va gidravlik muntazam- lashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, mar- kazlashtirish, blokirovka qilish apparaturalari, dispetcherlik nazorati liniyasi moslamalari va boshqalar;

    • laboratoriya jihozlari - pirometrlar, regulatorlar, kalorimetrlar, nam o‘lchagich asboblar, tutish kublari, laboratoriya ko‘pralari, gaz o‘tkazmaslikni sinash uchun mo‘ljallangan asboblar, mikroskoplar, termostatlar, stabilizatorlar, so‘rib oluvchi shkaflar va shu kabilar;

    • hisoblash texnikasi - elektron-hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va unga qo‘shimcha qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari (klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash mashinalari) va boshqalar;

    • meditsina jihozlari - meditsina jihozlari (tish davolash kreslo- lari, operatsiya stollari, maxsus jihozli krovatlar va boshqalar),

    77
    dizenfeksiyalovchi va maxsus jihozlari, sut oshxonalari va sut stansiyalarining, qon quyish stantsiyalarining jihozlari va boshqalar;

    • asbob-uskunalar - mexanizatsiyalashtirilgan va

    mexanizatsiyalashtirilmagan umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi mashinalarga biriktirib qo‘yilgan predmetlar. Ularga quyidagilar kiradi: kesuvchi, zarb beruvchi, presslovchi va zichlovchi qo‘l mehnati qurollari, bularga elektr energiyasi, siqilgan havo va shunga o‘xshashlar yordamida ishlovchi mexanizatsiyalashtirilgan qo‘l mehnati qurollari ham kiradi (elektrodrellar, kraskopultlar, elektr vibratorlar, gayka buragichlar va boshqalar), shuningdek, materiallarga ishlov berishga, montaj ishlarini bajarishga va shunga o‘xshashlarga mo‘ljallangan turli xil moslamalar (tiskilar, patronlar, bo‘lgich golovkalar, avtomobil dvigatellarini o‘rnatish uchun va kardanli valni aylantirish uchun mo‘ljallangan moslamalar) va boshqalar;

    • ishlab-chiqarish inventarlari va buyumlari - ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlar, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va bosh- qalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlarni saqlashga mo‘ljallangan moslamalar (baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va stellajlari, inven- tarlar, ish mashinalari qatoriga qo‘shib bo‘lmaydigan texnika predmetlari;

    • xo‘jalik inventarlari - idora jihozlari, ko‘chma baryerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan (yong‘inga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv mashinkalari, gektograflar, kopirograflar va boshqa apparatlar, ko‘chma o‘tovlar, palatkalar (kislorodlilardan tashqari), krovatlar (maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va boshqa xojalik inventarlari va, shuningdek, yong‘inga qarshi predmetlar - gidropultlar, stendlar, qo‘l narvonlari va h.k;

    • boshqa mashina va jihozlar - yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, apparatlar, sport maydonlari, stadionlar 78

    va sport binolarining jihozlari (shu jumladan sport anjomlari), o‘quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, musiqa asboblari, televizorlar, radioapparaturalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o‘t o‘chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar (muz- latkichlar), chang yutgichlar va boshqalar.
    015 «Transport vositalari» analitik hisobvarag‘ida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlarni va yuklarni tashishga mo‘l- jallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi:

    • temiryo‘l, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi (elektrovozlar, teplovozlar, paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sisternalar, teploxodlar, paroxodlar, dizel- elektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, avtosamosvallar, avtosisternalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar);

    • havo transportining harakatdagi tarkibi (samolyotlar, verto- lyotlar va boshqalar);

    • ot-aravalar;

    • ishlab-chiqarish transporti (elektrokarlar, mototsikllar, moto- rolerlar, velosipedlar, aravachalar va boshqalar);

    • sport transportining hamma turlari.

    Bunda, yuk tortadigan va sport otlari hamda boshqa ish hay- vonlari 019 «Boshqa asosiy vositalar» analitik hisobvarag‘ida hisobga olinadi.

    1. «Kutubxona fondi» analitik hisobvarag‘ida kutubxona fondlari, kitoblarning ayrim nusxalarining qiymatidan qat’iy nazar hisobga olinadi. Kutubxona fondiga ilmiy, badiiy va o‘quv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi.

    2. «Boshqa asosiy vositalar» analitik hisobvarag‘ida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar hisobga olinadi:

    • ko‘p yillik daraxtlar va ekinlar. Ko‘p yillik daraxtlar va ekinlarga sun’iy ko‘p yillik ko‘chatlar (ularning yoshidan qat’iy nazar), mevali ko‘chatlammg hamma turlari (daraxt va butalar), ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining hovlilaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil to‘siqlar, qordan to‘suvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o‘xshashlar, botanika bog‘lari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamda o‘quv yurtlarining ilmiy maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy daraxtlari va boshqa ko‘p yillik sun’iy daraxtlar (hamma turdagi yosh daraxtlar to‘liq yetilgan, ya’ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga olinadi).

    • Muzey qimmatliklari (ularning qiymatidan qat’iy nazar) davlat muzeylarida hisobga olinadigan muzey eksponatlaridan (san’at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush mada- niyati predmetlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega bo‘lgan eksponatlardan) tashqari;

    • hayvonot bog‘lari va shunga o‘xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari (ularning qiymatidan qat’iy nazar);

    • sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kastumlari va milliy kastumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va boshqalar;

    • o‘quv kinofilmlar, magnit disklar, kassetalar va boshqalar;

    • ish hayvonlari - otlar, xo‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (yuk tashuvchi va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo‘shib);

    • mahsuldor va zotdor mollar - sigirlar, buqalar, qo‘toslar va buyvollar (ish hayvonlaridan tashqari), ayg‘irlar va zotdor biya- lar (ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), yilqida boqish- ga o‘tkazilgan biyalar, tuyalar (ish hayvonlari sifatida foydala- nilmaydiganlari), bug‘ular, cho‘chqalar, qo‘ylar, echkilar, qo‘chqorlar va boshqalar;

    • boshqa inventarlar (bolalar o‘yinchoqlari, maxsus chang‘ilar va boshqalar);

    • boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qat'iy hisobot blanklari bo‘yicha DAFTAR (448-son shakl)

    Download 1 Mb.