Inventar obyektlari va ularni raqamlashtirish tartibi




Download 1 Mb.
bet36/99
Sana29.05.2024
Hajmi1 Mb.
#256546
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
Atamurodov

Inventar obyektlari va ularni raqamlashtirish tartibi

Asosiy vositalarning hisobi, ular saqlanadigan joylar bo‘yicha inventar obyektlariga hamda javobgar shaxslarga bo‘lingan holda yuritiladi.
Tugallangan konstruktiv qurilmalar, unga qarashli barcha moslamalari va ashyolari bilan yoki ma’lum mustaqil funksiyani bajarish uchun moljallangan konstruktiv jihatdan ajratilgan predmetlar, yoxud ma’lum ishni birgalikda bajaruvchi konstruktiv jihatdan birlashtirilgan bir butun predmetlar guruhi alohida inventar obyekt hisoblanadi.
Har bir alohida turgan bino «Turar-joy imoratlar» va «Noturar joy imoratlar» analitik hisobvarag‘i bo‘yicha inventar obyekti hisoblanadi. Bino tarkibiga uni ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan bino ichidagi barcha kommunikatsiyalar: bino ichidagi isitish tizimi, isitish uchun zarur bo‘lgan qozon qurilmalari bilan birgalikda (agar u bino ichida bo‘lsa), ichki suv, gaz tarmoqlari va kanalizatsiyalar, barcha qurilmalari bilan, ichki kuch va yorituvchi elektr simlari va umumiy sanitariya ahamiyatiga ega bo‘lgan ventilatsiya qurilmalari, ko‘targichlar kiradi.
Agar binolar bir-biriga tutashgan va umumiy devorga ega bo‘lsa, ammo ularning har biri o‘zicha mustaqil konstruktiv butunlikka ega bo‘lsa, ular alohida inventar obyekt hisoblanadi.
Hovlidagi kichik imoratlar, to‘siqlar va binolarga xizmat ko‘rsa- tuvchi boshqa hovli inshootlari, bostirma, devor, quduq va boshqa binolar bilan birga bitta inventar obyektini tashkil etadi. Agar bu kichik imoratlar va inshootlar ikki va undan ortiq binolarga xizmat qilsa, ular mustaqil inventar obyekt hisoblanadi.
Binoga taqab tashqi tomonidan qurilgan mustaqil xo‘jalik aha- miyatiga ega bo‘lgan imoratlar, qozonxonalarning alohida turuvchi imoratlari, shuningdek, hovlidagi kapital imoratlar (omborxonalar, garajlar va h. k.) mustaqil inventar obyekti hisoblanadi.
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish va ularning hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar
ko‘p bo‘lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko‘paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi.
Bunda, dastlabki uch belgi analitik hisobvaraqni bildiradi, to‘rtinchi va beshinchi belgi - guruhni, qolgan uch belgi esa pred- metning guruhdagi tartib raqamini bildiradi. Guruhlar ajratilmagan analitik hisobvaraqlar bo‘yicha esa to‘rtinchi va beshinchi belgi «Nol» bilan belgilanadi.
Masalan, 01000001 - inventar raqamida 010 «Turar-joy imo- ratlar» analitik hisobvarag‘ini, 001 - obyektning tartib raqamini bildiradi;
01310001 - inventar raqamida 013 «Mashina va jihozlar» analitik hisobvarag‘ini, 10 - guruh - xo‘jalik inventari, 001 - predmetning tartib raqamini bildiradi.
Inventar obyekti murakkab bo‘lgan hollarda, ya’ni u yoki bu ajratilgan elementlarni o‘z ichiga olganda, bitta yaxlitlikni tashkil etsa, ana shu elementlar har biriga ham ularni birlashtiruvchi asosiy obyektga qo‘yilgan inventar raqami qo‘yiladi.
Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki bo‘yoq bilan obyektning o‘ziga va boshqa usullar bilan belgilanadi. Asosiy vositalar obyektiga berilgan inventar raqami asosiy vositaning ushbu tashkilotda bo‘lgan barcha davri uchun saqlanib qoladi.
Budjet tashkiloti boshqa ikkinchi tashkilotdan biron bir asosiy vositasini ijaraga olgan bo‘lsa, u holda inventar raqami qo‘yilmaydi. Mazkur holatda asosiy vositalar ijarachilarda 01 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari hisobvaraqda ijaraga beruvchilar tomonidan qo‘yilgan inventar raqami bo‘yicha hisobga olinadi. Tassavvur qilib ko‘ring, bir asosiy vositani 7 ta tashkilot bir oydan 7 oy davomida foydalangan bo‘lsa, unda 7 marotaba inventar raqami qo‘yilgan bo‘lar edi. Natijada bu asosiy vositaning inventar raqamlari ko‘payib ketib, hisobda adashish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan bo‘lar edi. Shu boisdan ham buxgalteriya hisobida hisobga olishning yagona tartib qoidalari ishlab chiqilib, bu andazalarda, yo‘riqnomalarda, qolaversa, mana siz o‘qiyotgan darslikda ham gavdalangan.
82
Misol. Boshqa tashkilotlardan beg‘araz olingan va avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar-inventar obyektlar kelib tush- ganda:

  1. dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 262

  2. eskirish summasiga

Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 02- hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Barcha asosiy vositalar budjet tashkiloti, rahbarining buy- rug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarning mas’ul javobgarligida bo‘lishi kerak. Bu esa inventarlash jarayonida asosiy vositaga yetkazilgan istisno zararlarni undirishda, rahbar va xodim o‘rtasidagi moddiy javobgarlikka baho berishda asos bo‘ladi.
Asosiy vositalarni saqlash uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar asosiy vositalarning inventar ro‘yxati bilan (8-jadval) yuritishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarning saqlanishini kuzatib boradilar va barcha o‘zgarishlar hisobini yuritadilar.
8-jadval


Download 1 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inventar obyektlari va ularni raqamlashtirish tartibi

Download 1 Mb.