|
CSS va Veb Dizaynning rivojlanishi (1990-yillar oxiri)
|
bet | 2/10 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #274499 |
Bog'liq ma\'ruzalar matni3. CSS va Veb Dizaynning rivojlanishi (1990-yillar oxiri)
Web saytlarga dizayn va ko‘rinish qo‘shish maqsadida CSS (Cascading Style Sheets) standarti joriy etildi. Bu dasturlovchilarga sahifalarni ko‘rinishini koddan ajratish imkonini berdi. Veb-saytlarning estetikasi yaxshilandi va foydalanuvchi interfeyslari rivojlandi.
4. JavaScript va mijoz tomonida dasturlash (1995-yildan keyin)
JavaScript tili 1995 yilda yaratilgan va mijoz tomonida dasturlashning yangi davrini boshlab berdi. Bu til orqali sahifa yuklanganidan keyin ham foydalanuvchi bilan interaktiv aloqalar o‘rnatish mumkin bo‘ldi.
DOM (Document Object Model): JavaScript yordamida hujjatning tarkibiy qismlarini o'zgartirish, interaktiv elementlar yaratish va sahifa bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi aloqani dinamik qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
AJAX (Asynchronous JavaScript and XML): 2000-yillar boshida bu texnologiya veb-ilovalar uchun katta qadam bo‘ldi. AJAX orqali sahifa yangilanmasdan ma'lumotlarni serverdan olish va jo‘natish mumkin bo‘ldi. Bu, ayniqsa, veb-ilovalarni tezroq va interaktiv qilishda muhim rol o‘ynadi.
5. Raqamli kontent platformalari va CMS (2000-yillar)
2000-yillarda kontentni boshqarish tizimlari (CMS) ommalashdi, bu orqali texnik bilimlarga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar ham veb-saytlarni boshqarishi va ma'lumotlar qo‘shishi mumkin bo‘ldi.
WordPress, Joomla, Drupal: Ushbu tizimlar foydalanuvchilar uchun oddiy interfeys va kontentni boshqarish imkonini berdi. WordPress bugungi kunda eng mashhur CMS bo‘lib, global veb-saytlarning katta qismi aynan shu tizimda ishlaydi.
6. Rivojlangan frameworklar va bibliotekalar (2010-yillar)
2010-yillar JavaScript dasturlash tili va uning atrofidagi ekotizimning keskin rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ko‘plab kutubxonalar va frameworklar yaratilgan.
Angular, React, Vue.js: Ushbu JavaScript frameworklari bir sahifali ilovalar (SPA) yaratishga yordam berdi. Angular va React orqali dinamik interfeyslarni yaratish osonlashdi va veb-saytlar mobil ilovalarga yaqinlashdi.
Node.js: 2009 yilda yaratilgan Node.js server tomonida JavaScript ishlatish imkonini berdi. Bu esa to‘liq JavaScript asosida dastur yaratishga zamin yaratdi.
|
| |